Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
YUqorida keltirilgan misoldagi xo‘jalik jarayoni tufayli «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» schyotlari bir-biri bilan bog‘lanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, ikkiyoqlama yozuv — bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarning schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir. Ikkiyoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazo- rat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Korxona xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga qarashligidan qat’iy nazar, unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki xil yoki undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularining tashkil topish manbalari ishtirok etadi. SHuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schetlarida aks ettirishda 2 yoki undan ortiq schetlardan foydalaniladi. Quyidagi misollar orqali ikki yoklama yozuv va uni amaliyotda qo‘lanilishini tushuntirib beramiz: Misol. Mehnat haqi berish uchun hisoblashish schetidan kassaga pul olinadi. 70.000 so‘m Jarayonni taxlil qilib o‘rgansak, korxonaning bankdagi hisob-kitob schetidagi mablag‘i kamayib, korxonaning kassasida esa naqd pul ko‘paydi. Sxema ko‘rinishida jarayonni schetlarda aks ettirish qo‘yidagi ko‘rinishda bo‘ladi D+ Kassa K- D+ Hisoblashish scheti K- 70,0 70,0 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ikki yoqlama yozuv-bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarni schetlar tizimi orqali ifodalanishidir. Oddiy buxgalteriya provodkasi va murakkab buxgalteriya provodkasi. Aylanma qaydnomalar to‘g‘risida tushuncha. Ikki yoqlama yozuv usulini ahamiyati shundaki, uni yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik jarayonini bir schetining debeti va ikkinchi schetni kreditida aks ettirilishi buxgalteriya provodkasi deyiladi. Buxgalteriya provodkasini ikki turi mavjud: Oddiy buxgalteriya provodkasi. Murakkab buxgalteriya provodkasi. Oddiy buxgalteriya provodkasida faqat 2 schet qatnashib, biri debetlanadi, ikkinchisi kreditlanadi. Ikkiyoqlama yozuv orqali schetlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni belgilash schetlar korrespondensiyasi deyiladi. Debetlanuvchi va kreditlanuvchi schet hamda operatsiya summasining ko‘rsatilishi buxgalteriya provodkasi deb ataladi. Buxgalteriya provodkasi ikki xil: oddiy provodka va murakkab provodgaga bo‘linadi. Yüklə 0,59 Mb. Dostları ilə paylaş: |