Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 338,2 Kb.
səhifə3/9
tarix24.11.2022
ölçüsü338,2 Kb.
#70261
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi mavzu Jahon xo’jaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro

Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat va sh.k. sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar 19-asrda vujudga keldi va 2jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqtvaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.
Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko’rish mumkin.
Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi xisoblanadi.
YeI da ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, YeI ning byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va boshqalar.
Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga byudjetlari tashkil etiladi.
Bunday tashkilotlarga ma’lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo’yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo’ldosh aloqasi bo’yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.

Yüklə 338,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin