Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari



Yüklə 338,2 Kb.
səhifə9/9
tarix24.11.2022
ölçüsü338,2 Kb.
#70261
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi mavzu Jahon xo’jaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro

3.Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari


Islom Taraqqiyot Banki dastlab tashkil etilganida unga 22 ta davlat a’zo bo’lgan bo’lib, bugungi kunda ularning soni 56 taga yetgan. Ularning tarkibi quyidagicha:

      • Afrika – 27 ta

      • Osiyo – 26 ta

      • Lotin Amerikasi - 1 ta

      • Yevropa – 2 ta

2.2 1-jadval


ITB ga a’zo davlatlar ro’yxati



1

Afg’oniston

29

Misr

2

Albaniya

30

Morokko

3

Aljir

31

Mozambika

4

BAA

32

Niger

5

Bahreyn

33

Nigeriya

6

Bangladesh

34

Ozarbayjon

7

Benin

35

Oman

8

Bruney

36

Pokiston

9

Burkina-Faso

37

Qatar

10

Eron

38

Qozog’iston

11

Falastin

39

Qirg’iziston

12

Gabon

40

Quvayt

13

Gambiya

41

Saudiya Arabistoni

14

Gviniya

42

Senegal

15

Gviniya-Bisau

43

Serra-Leone

16

Indoneziya

44

Somali

17

Iordaniya

45

Sudan

18

Iroq

46

Surinam

19

Jibuti

47

Suriya

20

Kamerun

48

Tojikiston

21

Komorlar

49

Togo

22

Kot d’Ivuar

40

Tunis

23

Livan

51

Turkiya

24

Liviya

52

Turkmaniston

25

Malayziya

53

Uganda

26

Maldiva

54

Yaman

27

Mali

55

O’zbekiston

28

Mavritaniya

56

Chad

Manba: http://www.un.org
Mamlakatlar bankka aksiyador sifatida a’zo bo’lib kiradi. Bankda davlatlarning ulushi turlicha bo’lib, eng katta ulushga eg a’zolar arab davlatlari hisoblanadi. Ular quyidagi jadvalda ko’rsatib o’tilgan.

2.2.2-jadval


Mamlakatlarning ITBdagi ulushi



Aksioner davlatlar

Qo’yilgan miqdor
(dinor)

Umumiy kapital (%
da)

Umumiy kapitaldan ulush (dinor)

Saudiya Arabistoni

368,513

26.57

3,685,129,984

Libiya

147,824

10.66

1,478,240,000

Eron

129,334

9.32

1,293,340,032

Misr

127,867

9.22

1,278,669,952

Turkiya

116,586

8.41

1,165,859,968

BAA

104,596

7.54

1,045,960,000

Qozog’iston

1,929

0.14

19,290,000

O’zbekiston

250

0.02

2,500,000

Manba:www. isdb.org
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, ITB kapitali tarkibiga eng katta ulushni Saudiya Arabistoni kiritgan bo’lib, bu uch yarim trillion dinardan ortiq, ya’ni umumiy kapitalning 26.57 foizini tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni donor mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari O’zbekiston va qo’shni Qozog’iston, Tojikistonning ham ulushi mavjud bo’lib, shundan mamlakatimizning umumiy kapitaldagi qiymati 0.02 foizni, ya’ni 2 yarim ming dinarni tashkil etadi.
Tashkilotga a’zo mamlakatlar o’zlarining vakillari orqali bank boshqaruvida ishtirok etishadi. Bankning yuqori organi boshqaruv kengashi va quyi organi esa direktorlar kengashi deb yuritiladi. 10
10 К. Латиф. Исламское финансовое дело // Butterworths Journal of International Banking and Financial Law, 2006, No. 1, p. 10-13.
Direktorlar kengashi 18 kishidan iborat bo’lib, uning yarmini ITB ustav kapitalida ko’proq ulushga ega bo’lgan davlatlar, qolgan yarmini esa uncha ulushi katta bo’lmagan a’zo davlat vakillari tashkil etadi.11
Islom Taraqqiyot Banki umumiy hodimlar soni 189 tani tashkil qiladi.
Bankning asosiy maqsadi tashkilotga a’zo va a’zo bo’lmagan musulmon davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish va musulmon xalqining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan. Bu bora ITB guruhi quyidagi sohalarda o’z xizmatlarini ko’rsatadi:
Loyihalarni moliyalashtirish:

        • Davlat, jamoaviy( suveren)

        • Xususiy (suveren bo’lmagan)

        • Davlat – xususiy xamkorlikda (PPP) Eksport krediti va investitsiyalarni sug’urtalash Fond va aktivlar boshqaruvi

Islom moliyaviy xizmat muhitini rivojlantirish
A’zo mamalaktlar o’rtasidagi savdoni moliyalashtirish Texnik hamkorlik va salohiyatni rivojlantirish
Islom iqtisodiyoti va tadqiqot moliyasi Shuningdek, mahsus faoliyat:
Fan va texnoligik dasturlar Ta’limiy dasturlar
Maxsus ko’maklar
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda bank har yili bir qancha dasturlarni amalga oshiradi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda ham ushbu loyihalar asosida bir qancha ishlar olib borilmoqda va bu quyidagi jadvalda keltirilgan:
11 http://www.aacc.at

2.2.3-jadval O’zbekiston va Islom Taraqqiyot banki aloqalari


Maqsadi

Miqdori (AQSH dollari)

yil

Qishloq joylarda uy-joy
qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun

100 mln

2014 yil

kichik biznes loyihalarini
moliyalashtirish uchun

83 mln

2014 yil

Sirdaryo viloyatidagi
kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish uchun

57,5 mln

2015 yil

Manba: internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil tuzildi.
Izoh: O’zbekiston Respublikasi va ITB aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bugungi kunga qadar sog’liqni saqlash, energetika, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport yo’llarini qurish va ta’mirlash va shu kabi boshqa sohalarda 1221 ming AQSH dollari miqdorida 32ta dastur amalga oshirilgan.12 Arab muvofiqlashtirish guruhi a`zolari – Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg`armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg`armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg`armasi va OPEK ning Xalqaro taraqqiyot jamg`armasi, shuningdek, mamlakatimizning vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi. Davra suhbati doirasida mamlakatimizning vazirlik va idoralari tomonidan energetika, yo`l infratuzilmasi, kommunal xo`jalik, ta`lim, ekologiya, irrigatsiya, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 1,6 milliard AQSh dollaridan ziyod 25 ta loyiha taqdimoti o`tkazildi. Shuningdek, Arab muvofiqlashtirish guruhining ushbu loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbir yakunida O`zbekiston


12 www.mfer.uz “Xalqaro hamkorlik\Xalqaro tashkilotlar”
Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o`rtasida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish bo`yicha qiymati 100 million dollarlik zayom bitimi imzolandi.
ITB rahbarining O'zbekistonga bu galgi tashrifi asnosida qiymati 36 million


AQsh dollariga teng “Toshkent shahrining tashqi yoritish tizimlarini


modernizatsiya qilish va ularga energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etish” loyihasi bo'yicha moliyaviy bitim imzolandi. O'zbekistonning ITB

hamkorligiga bu yil 10 yil to'ladi. Bu davr ichida qator amalga oshirilgan


loyihalarning natijalari bilan tasdiqlanuvchi uzviy hamkorlikka erishildi. Joriy


yilda mamlakatimizda ITB bilan munosabatlarning o'n yilligi nishonlanmoqda.


O'tgan davr mobaynida yuksak darajadagi o'zaro anglashuv va mazmunan qator






muvaffaqiyatli loyihalar bilan to'ldirilgan yaqin hamkorlik qaror toptirildi.

Ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik doirasida qiymati 186,4

million AQsh dollariga teng 10 loyiha amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda qiymati

640,9 million dollarlik yana 10 loyihaning ijrosi davom etmoqda. 9 loyihani

amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda, ularning moliyaviy qiymati 877,9


million dollarga teng. Shuningdek, texnikaviy hamkorlik doirasida ITB


tomonidan O'zbekistonga 12 loyiha uchun 2,7 million dollarlik grantlar


ajratilgan.
Islom taraqqiyot banki mamlakatimiz sanoatini modernizatsiyalash,


texnik va texnologik qayta jihozlashga hamda infratuzilmaga oid loyihalarni


amalga oshirishda Arab muvofiqlashtirish guruhining moliya institutlari,








jumladan, Saudiya taraqqiyot jamg'armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot

jamg'armasi, OPEK jamg'armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg'armasining

investitsiya va kreditlarini jalb qilish borasida asosiy muvofiqlashtiruvchidir.

Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan kichik biznes

va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga doir loyihalarni amalga oshirish

Islom taraqqiyot banki guruhi bilan hamkorlikning muhim yo'nalishlaridandir.

Korporatsiya tomonidan kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun


ajratilgan mablag'larning umumiy hajmi 83 million dollarni tashkil etadi.
Islom taraqqiyot bankining ijrochi direktorlari kengashi 2015 yil 10-mart kuni Sirdaryo viloyatidagi kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston hukumatiga 57,5 million dollar ajratilishini ma’qulladi.
Umumiy qiymati 157 million dollar bo‘lgan loyiha Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish muddati – 4 yil. Modernizatsiyani moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlarning kreditlari va O‘zbekiston tomonining mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi.

XULOSA


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.
O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi. Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:



  • aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;

  • ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;

  • a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa shakllarda moliyaviy yordam berish;

  • aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish; (nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan)

  • moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish;

  • a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;

  • musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini o’qitishda xizmatlar ko’rsatish.

Islom Taraqqiyot bankining yana muhim amalga oshiradigan vazifalaridan biri bu foizsiz kreditlar ajratishdir. Bunga sabab shuki, bank faoliyati sha’riyat qonunlari bilan tartibga solinadi. Islom dinida esa sudxo’rlik katta gunoh hisoblanadi.
Islom Taraqqiyot Banki a’zo davlatlarga nafaqat moliyaviy tomondan, balki texnik jihatdan ham yordam beradi. Masalan, bank Mavritaniya, Maldiva, Tojikiston, Turkiya va Jibuti larga bunday yordamlarni ko’rsatadi.

Bank kelgusidagi faoliyati doirasida o’z qarashlarini ishlab chiqqan bo’lib, u “IDB Vision 1440H” deb nomlanadi. Bunda hijriy 1440 yil, ya’ni 2019 yilga kelib bank jahondagi musulmon xalqlarining turmush tarzini yaxshilanishi, rivojlanishiga butunlay ko’mak beruvchi, islom qonuniyatlari asosida boshqariluvchi dunyodagi eng rivojlangan taraqqiyot banki bo’ladi deb bashorat qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
I.Me’yoriy-huquqiy hujjatlar:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni
2.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O’zbekiston”

II.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari


3.Mirziyoev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. – Toshkent: “O’zbekiston”. 2017.
4.Fuqarolar uchun byudjet. O‗zbekiston Respublikasi Molia vazirligi, BMTTD. T.: 2018 5.Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V. Moliya. O‗quv
qo‗llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 6.Mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti va aholi
farovonligini ta‘minlash: yutuqlar, tendensiya va istiqbollar.
Ilmiy-ommabop risola. TMI. T.: 2016.
7.Malikov T., Jalilov P., Byudjet-soliq siyosati. Monografiya.
T.: Akademnashr, 2011
Foydalanilgan saytlar
1.www.hozir.org
2.www.stat.uz
3.norma.uz
4.wikipedia.ru
5.ziyonet.uz









Yüklə 338,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin