Osiyo taraqqiyot banki
Manba: iqtisodiy adaabiyotlardagi ma’lumotlar asosida muallif tomonidan mustaqil tuzildi.
4 M.Mirsaidov “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, Toshkent, “Iqtisod-Moliya”, 2006y
Keying yillarda xalqaro tashkilotlarning soni tez ko’paya boshladi. Bular davlat guruhlarini hududiy belgisi bo’yicha yoki iqtisodiy faoliyatning ma’lum sohalaridan manfaatdorlikning umumiyligi asosida birlashtiruvchi tashkilotlardir. Bunday tashkilotlar savdo, ishlab chiqarish, transport, valyuta- moliya operatsiyalari va boshqa sohalarda ham yuzaga keldi.
Islom Tarraqqiyoti Banki (ITB) ba'zi manbalarda Islom Rivojlanish Banki - ko'p tomonli moliya instituti hisoblanib, 1-Islom Konferensiyasi Tashkiloti (hozirda Islom Hamkorlik tashkiloti) tomonidan arab mamlakatlari Moliya vazirlari tomonidan ta'sis etilgan.
Islom taraqqiyot banki 1973-yil Jiddada Islom konferensiyasi tashkilotining a’zo-davlatlari deklaratsiyasi imzolanganidan keyin 1974-yilda tashkil qilindi, o’z faoliyatini rasmiy ravishda 1975-yil 20-oktabrdan boshlagan.
Tashkilotga 56 ta mamlakat a'zo bo'lib, quyidagi davlatlar bankni asosiy moliyalashtiradigan mamlakatlar hisoblanadi:
Bankning moliyaviy resurslari ustav kapitali va qo’shimcha moliyaviy vositalaridan iborat. Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida bank qo’shimcha manbalar bilan ta’minlandi:
1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. Bu reja sarmoyadorlar uchun bankka moliyaviy yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom muqobilini beradi. Ushbu tizim asosida bank nafaqat yakkaholdagi omonatchidan, balki tashkilotlardan ham
„Importga moliyaviy yordam berish operatsiyalari“ dasturini amalga oshirish uchun depozitlar qabul qiladi.
1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil qilingan. Ushbu tashkilot a’zo bo’lgan davlatlararo savdo-sotiq moliyaviy qo’llab quvvatlash uchun sarmoyadan foydalanish, hamda qimmatbaho qog’ozlar va lizing bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi.
1988-yildan savdo-sotiqqa uzoq muddatli moliyaviy yordam berish rejasi amalga oshirila boshladi. Ushbu reja importga moliyaviy yordam berish programmasini to’ldiradi va IKTga a’zo bo’lgan davlatlarning an’anaviy bo’lmagan tovarlari eksportini kengaytirishda ko’mak beradi. Bu esa IRBga a’zo bo’lgan davlatlardan eksport qilish uchun kerakli moliyaviy vositalar bilan 6 oydan 60 oygacha bo’lgan muddatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
1989-yilda alohida investitsion fond tashkil qilingan. Uning maqsadi qo’shimcha moliya resurslarini jalb qilish va ularni shariatga asoslangan holda sarmoyalashtirish.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, shariatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat.
Islom taraqqiyot banki quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi:5