Termiz Davlat Universiteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti
Maktabgacha ta'lim yo`nalishi
3-kurs 302-guruh talabasi
Ibrahimova Bozorgulning
Oltinsoy tumani 15-sonli MTTdagi pedagogik amaliyoti ikkinchi haftasi to`g`risidagi
Hisoboti
Men Ibrahimova Bozorgul Oltinsoy tumanidagi 15- sonli MTT da 9-mart kuni pedagogik amaliyotimning ikkinchi haftasini boshladim. Amaliyotning ikkinchi haftasi mavzusi “O`zbekistonda Bahor mavzusi bo`ldi. Hafta davomida bolalar bilan ushbu mavzuda faoliyatlar olib bordik. Bu haftada tarbiyachining ish hujjatlari bilan yaqindan tanishishni ham boshladim. 2019- yil 30-avgustdagi qarorga muvofiq tabiyachi hujattlari 05-01--05-05 bilan belgilanuvchi 5 ta me`yoriy hujjat bo`lib ular; 05-01 Davlat talablari, o`quv dasturlari, metodik qo`llanma va tavsiyalar. 05-02 Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi. 05-03 Bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr,patronaj va ota- onalar tog`risidagi ma`lumotlar). 05-04 Bolalarning rivojlanish xaritasi. 05-05 Pedagoglar bilan o`zaro hamkorlik ish rejasi. Ushbu haftada men tarbiyachining shaxsiy ish rejasi va bolalar davomadini qayd etish hujjatlarini o`rgandim. Yuqoridagi ish hujjatlari har kunlik tarbiyachi tomonidan to`ldirib boriladigan hujjatlar bo`lib tarbiyachi ular orqali faoliyatini rejalashtirib bolalar bilan ish olib borar ekan. Ish hujjatlarini o`rganish davomida o`zim uchun ham ulardan nusxa olib hujjat yuritishni o`rganishga harakat qildim. Shu tariqa amaliyotimning ikkinchi haftasi yuqoridagi faoliyatlar bilan o`tdi. Hafta so`ngida amaliyot rahbarimiz hafta davomida qilgan ishlarimizni nazoratdan o`tkazib, hisobotimizni qabul qilib olib, kundalik daftarlarimizni tasdiqlab berdilar.
Dostları ilə paylaş: |