Termiz Davlat Universiteti Maktabgacha ta`lim fakulteti Maktabgacha ta`lim yo`nalishi



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü47,5 Kb.
#41930
1   2   3
Amaliyot 1-2-3 hafta

Termiz Davlat Universiteti

Maktabgacha ta`lim fakulteti

Maktabgacha ta`lim yo`nalishi

3-kurs 302-guruh talabasi

Ibrahimova Bozorgulning

Oltinsoy 15-sonli MTTdagi pedagogik amaliyoti uchinchi haftasi to`g`risidagi


Hisoboti




Men Ibrahimova Bozorgul 15-mart kuni Oltinsoy tumanidagi 15- sonli MTT da pedagogik amaliyotimning 3-haftasini boshladim. Ushbu hafta uchun o`zimda rejalar tuzib, rejam asosida faoliyatimni olib bordim. Haftalik rejam tarbiyachi ish hujjatlaridan 05-04 va 05-05 ni o`rganib chiqish, katta va tayyorlov guruhlariga tahlilga kirish va ochiq mashg`ulot o`tishdan iborat edi. Ushbu haftada haftalik mavzuyimiz “Assalom Navro`z”” bo`ldi. Men aynan shu mavzuda ochiq mashg`ulot o`tkazdim. Ochiq mashg`ulotimda bolalar bilan asosan 5 ta rivojlanish markazida faoliyat olib borib hafta mavzusi doirasida bolalarni markazlarga taqsimlagan holda ochiq mashg`ulotimni o`tkazdim. Ochiq mashg`ulot davomida Navro`z haqidagi ma`lumotlar, kitob mavzusidagi applikatsiya, AKT yordamida Milliy dunyoga sayohat, kitoblar ko`ninishi va ularning hajmi borasidagi ma`lumot va bilimlarni bolalarga berishga harakat qildim hafta davomida kata va tayyorlov guruhlari faoliyati bilan ham tanishdim. Tarbiyachilarning faoliyat jarayonlarida ishtirok etib tahlil qilishga harakat qildim. Kata va tayyorlov guruhlarida olib boriladigan faoliyat va qisqa muddatli guruh faoliyati bir biriga juda yaqin ekanligini bilib oldim. Bulardan tashqari tarbiychi ish hujjatlarini o`rganishni davom ettirib bolalarning rivojlanish xaritasini va pedagoglar bilan o`zaro hamkorlik ish rejasi qanday yuritilishini ham o`rganib chiqdim. 05-04 ya`ni bolalarning rivojlanish xaritasi davlat talablari asosida bolalarning rivojlanish ko`rsatkichlari qay darajada ekanligi va davlat talablariga naqadar mos kelishini aniqlab beruvchi hujjat ekan. Bu hujjat yuritilishi natijasida tarbiyachi har bir bola rivojlanishi haqida ma`lumotlarga ega bo`lib, o`z faoliyatida bolalar bilan ishlashni tog`ri yo`lga qo`yishiga yordam berar ekan. Tabiyachi hujjatni yuritish orqali, bolalar bilan qanday yutuqlarga erishgani va yana qaysi tomonlama bolalarni rivojlantirishni yo`lga qo`yishi kerakligini tahlil qila olar ekan. Hujjat yil davomida 3 marta sentabr, dekabr va may oylarida yuritilar ekan. Hafta davomida yana bolalar bilan olib boriladigan togaraklar faoliyati bilan ham qiziqib ularda ham ishtirok etib ko`rdim. Bundan tashqari kata guruh bolalari bilan “Vitaminlar” mavzusida o`tkazilgan ochiq mashg`ulotda ham ishtirok etdim. Hafta so`ngida odatga ko`ra amaliyot rahbarimiz haftalik hisobotimizni qabul qilib kundalik daftarlarimizni tasdiqlab berdilar. Shu bilan pedagogik amaliyotimizning uchinchi haftasini ham yakunladik.
Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin