Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, mazmuniga va his yetishiga katta ta’sirini hisobga olganda, haqqoniy va voqeylikni to‘g‘ri aks yettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi.Musiqiy san’at uchun odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa tovush bilan hamohanglik rivojida dastlab nutq va raqs bilan bog‘liq bo‘lgan yedi. Musiqa mehnat harakati ritmi bilan moslashib, bir maqsadga intilayotgan kishilarni bir-birlariga birlashtirishni osonlashtiradi. Nutq ohanglarini, mehnat jarayonlari ritmlari va musiqali ohanglarning umumlashuvi natijasida xalq musiqasi shakllanadi. Xalq san’ati manbalariga asoslangan musiqa hamisha jozibador bo‘lib, qalbda turli his-hayajonlar uyg‘otadi. Shu bilan birga, musiqada tovushlarga va tasviriy holatlarga taqlid qilish hollari bor, ammo masalaning mohiyati bular bilan belgilanmaydi. Musiqali obraz o‘zining aniq ko‘rinishi bilan bog‘liqdir.
KICHIK YOSH (3 - 4 yosh) Musiqa tinglash: Bolalarda kichik musiqiy asarni tinglash ko’nikmasini pado qilish. Marsh, qo’shiq va raqs janrlari haqida ilk tasavvur paydo qilish va ularni farqlash. Musiqani mazmunan tushunishga o’rgatish: Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish: To’p bo’lib yengil yurish va yugurishdan sekin-asta har tarafga, to’g’riga, erkin-sochma, doira bo’ylab yengil yurish va yugurishga o’rgatish. Bolalarni 3-4 sodda va oddiy harakatlardan iborat raqslarni to’p bo’lib raqs tushishdan juftlikda, sochma tarzda, shundan so’ng doiradagi raqslar ijro etishga o’rgatish. Raqs harakatlaridan «Koptokni yuqoriga ot», «arqonni tort», «tokcha», «ko’zguga qara», «xo’rozcha», «maysani sila» bilan tanishtirish va ularni musiqaga mos bajarish. Kuylash: Cholg’u asbobi va kattalarga jo’r bo’lib kuylash. Tabiiy ovozda zo’riqmasdan kuylash malakalarini shakllantirish. Kuylash vaqtida to’g’ri nafas olishga, avval «gulni hidlab», so’ng kuylay boshlashga, o’tirgan yoki turgan holatda to’g’ri kuylashga o’rgatish. Qo’shiq mazmunini tushunib kuylash bilan bir vaqtda harakatlar bajarishga o’rgatish