Termiz Davlat universiteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə3/3
tarix19.04.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#100833
1   2   3
Yoqubova Madina bolalar musiqiy ta\'limi

Bolalar cholg’ularida chalishga o’rgatish: Bolalar cholg’ulari haqidagi bilimlarni mustahkamlash, karnay, surnay, nog’ora bilan tanishtirish. Metallofon, uchburchak, bolg’achada chalish usullarini o’rgatish. Ularni tovushidan farqlay olish. Qo’shiq, raqs va o’yinlarda cholg’ularni jo’r qilish. O’yin: Musiqiy faoliyatlarda olingan bilimlarni o’yinlarda namoyon bo’lishiga erishish. Doira jo’rligida «Chumchuqlar va mushuk», «Ayiqchalar raqsi», xalq o’yinlaridan «Chori-chambar», «Chapak chalish», «Qaldirg’och» kabilarni o’ynash. Bolalarga tushunarli, qiziqarli bo’lgan voqeaband o’yinlarni tashkil qilish. O’yinda musiqaga mos harakatlanish, nutq, tasavvur va tafakkurni rivojlantirish, bolalar cholg’ulari, o’yinchoq va qo’g’irchoqlardan foydalanish.

Bolalarning mashg’ulotlardan olgan bilimlarini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida «Kuyini top», «Do’stingni ovozidan tanib ol», «Xaltachada nima bor», «Qaysi cholg’u yashiringan», «Qush va qushchalar», «O’rmonda» kabi musiqaviy-didaktik o’yinlarni mashg’ulot vaqtida va mustaqil faoliyatlari davomida guruh xonalaridagi musiqa burchaklarida tashkil etish.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin