Termiz Davlat universiteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə1/3
tarix19.04.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#100833
  1   2   3
Yoqubova Madina bolalar musiqiy ta\'limi


Termiz Davlat universiteti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
3-kurs 315-guruh talabasi
YOQUBOVA MADINAning
Bolalar musiqiy ta’limi fanidan
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kompozitorlar ijodi bilan tanishtirish mavzusidan tayyorlagan taqdimot ishi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kompozitorlar ijodi bilan tanishtirish


Mavzu: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kompozitorlar ijodi bilan tanishtirish REJA 1.Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning musiqiy faoliyati mazmuni. (kichik va o‘rta guruhlar)
2. Raqs harakatlariga qo‘shiq aytishga musiqa tinglashga, musiqa asboblarida ijrochilikka o‘rgatish usullari va yo‘llari. 3.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari. (katta va tayyorlov guruhlar) 4.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kompozitorlar ijodi bilan tanishtirish.
Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi. MTMda amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg’ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi. Ammo mashg’ulotning musiqa tinglash qismi oldida o’ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko’ra tinglash imkoniyati ancha keng bo’ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg’u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e’tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka, ko’nikmalari katta rol o’ynaydi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Mashg’ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi: Mashg’ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi: -bolalarni o’z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari bilan tanishtirib borish; -bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish; Musiqa haqida boshlang’ich ma’lumotlar berishni o’rgatadigan asarlar nomlarini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqiga borishga hamda tinglagan asarlariga ma’lum miqdorda badiiy baho bera olishga o’rgatish. Kichik guruh bolalarning diqqati uncha barqaror bo’lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok etishga qobil bo’ladilar. Ular ayniqsa, kichik qo’shiqlarni yaxshi idrok etadilar. Chunki, so’z va ohang birligi musiqa mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Xususan, tarbiyachi ashula aytganda uning tanish ovozi va ifodalash intonatsiya mimikasi va ishoralari bolalarni maftun etadi. Shu vaqtda bolalarda hosil bo’ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish holatlarini kuzatish mumkin. Ammo bu holatlar tez uyg’onib, tez so’nadi.
  • Musiqa – estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Musiqa bola qalbida kuchli yemotsional tuyg‘u uyg‘otadi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “...musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda” – deya ta’kidlaydilar. Demak, musiqa san’ati va ta’lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat yetadigan, insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e’tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch – ma’naviyatning yuksalishini ta’minlaydi.

 
Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. 1997 yil qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”lariga asosan ta’lim sohasida, jumladan, uning birinchi pog‘onasi bo‘lgan maktabgacha ta’lim bosqichida ham katta o‘zgarishlar qilish yehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun pishiq – puxta o‘ylangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar ishlab chiqildi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin