Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

3-LABORATORIYA ISHI 
 
MAVZU: RM-3-1 UZISH MASHINASINING ASOSIY METROLOGIK 
XUSUSIYATINI O‘RGANISH. 
 
Ishdan maqsad:
 
RM-3-1 uzish mashinasining asosiy metrologik xususiyatini 
o‘rganish
 
to’g’risida ko’nikma va malakalarni shakillantirish 
Nazariy ma’lumotlar
Uzish mashinasi (RM-3-1, RM-30) iplarning mustahkamligi va uzilishdagi 
uzayishini aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi qismlardan tashkil 
topgan: mayatnikli kuch o‘lchagich, passiv va aktiv qisqichlar, o‘tkazgich 
mexanizmi aktiv qisqichga bog‘langan (1-nchi rasmga qaralsin), cho‘zilishni 
o‘lchagich qismi va elektryuritgich.
 
Elektryuritgichni harakatga keltirish ishlari «vverx» yoki «vniz» 
tugmachalari orqali amalga oshiriladi. Agar namunani uzish vaqtida xatolik ro‘y 
bersa, elektrYuritgich avtomatik ravishda to‘xtab qoladi. 
Pastki qisqichni yuqoriga, ya’ni o‘zining oldingi holatiga keltirish ishlari 
«vverx» tugmachasi orqali bajariladi. Aktiv qisqich o‘zining oldingi holatiga 
kelgandan so‘ng, elektryuritgich avtomatik ravishda to‘xtaydi. 
Elektryuritgichni hohlagan paytda to‘xtatish uchun «stop» tugmachasi 
bosiladi. 
Mustahkamlik mayatnikli kuch o‘lchagichda aniqlanadi. Kuch o‘lchagich 
mayatnigi sharikli g‘ildirak markaziga o‘rnatilgan. 
Ipni uzib, mustahkamligi aniqlanib bo‘lgandan keyin, ko‘rsatkich o‘zining 
oldingi holatiga olib kelinadi. Bu ishlar tutqich yordamida amalga oshiriladi. 
Tutqichlar asosan tishli g‘ildirakka tegib ushlab turiladi, iplarni uzib bo‘lgandan 
so‘ng, olingan natijalarni shkaladagi ko‘rsatkichning to‘xtash joyiga qarab yozib 
olish mumkin. 
Uzish mashinasi (RM-3-1) ning texnik va metrologik hususiyati:
1) Eng Yuqorigi uzish qiymati 30 N.
 
2) Uzishning o‘lchash oralig‘i: 1 shkala - 1 dan 5 N gacha, 2 shkala - 2 dan 
10 N gacha, 3 shkala - 6 dan 30 N gacha. 
Kuch o‘lchash shkalasining oraliq bahosi: 1 shkala - 0,02 N, 2 shkala - 
0,05 N, 3 shkala - 0,10 N. 
4) Qiymatning nisbiy kuch o‘lchash xatoligidagi belgilangan oraliq 


foiz. 
5) Mayatnik ko‘rsatishining siljishi tutqichni to‘g‘rilashda 2 mm dan ko‘p 
emas. 
6) Deformatsiyaning o‘lchash oralig‘i: 0 dan 300 mm gacha, 0 dan 60 
foizgacha. 
7) SHkalaning oraliq bahosi: 1mm yoki 0,2 foiz. 
8) O‘lchash deformatsiyasining qiymat xatolik og‘irligi: 

1 mm. 
9) Aktiv qisqichning harakat tezlik oralig‘i 80 dan 800 mm/min. gacha. 
10) Aktiv qisqichning harakat tezlik xatoligi 5 foizdan ko‘p emas. 
11) Aktiv qisqichning harakat tezlik orqali bahosi: 10 mm/min. 


199 
12) Qisg‘ichlar orasidagi masofa: 0 dan 500 mm gacha. 
13) Aktiv qisqichning ishchi 350 mm dan kam emas. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin