Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

100 mingni tashkil
qildi. 1987 yil 
mart oyida Yaponiyada sifat to‘garagi o‘zining5 yilligini nishonladi. Bu davrga 
kelib sifat to‘garaklarining soni 
50 mingni tashkil
qilib, bu ko‘rsatkich har yili 
10 mingga oshib bormoqda. Uning qatnashchilarining soni esa milliondan oshib 
ketdi. Shuni alohida aytish lozimki, Yaponiyadagi to‘garaklar o‘z oldiga ishlab 
chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hisobiga mahsulot sifatini tubdan 
oshirishni maqsad qilib qo‘yishgan. 
Yaponiya usulining yana bir xarakterli tomoni to‘garaklarning ishlarini 
muntazam ravishda olimlar va muhandislar ittifoqi tomonidan kuzatiladi, 
o‘rganiladi va tahlil qilinib boriladi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda sifat 
to‘garaklarining 50 foizdan ortig‘i yuqori rahbarlarning tashabbusi orqali tashkil 
qilinadi. To‘garak tashkilotchilarining maqsadiga ko‘ra quyidagi umumlashgan 
to‘garaklar tashkil qilingan: ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (31,6 foiz), 
mahsulot sifatini yaxshilash (16,4 foiz), sifatga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish 
(13,8 foiz). Taxminan 38 foiz to‘garaklar bir yilda ikkita temani, 16,5 foizi uchta 
temani va taxminan 3 foizi 1 temani ishlab chiqadi. 
Hozirga vaqtda sifat to‘garaklari Amerika Qo‘shma Shtatlarida, Yevropa 
mamlakatlarida hamda Xitoy Xalq respublikasida ham faol ishlab turibdi. 
AQSH firmalarining xarakterli tomoni shuki, ular ishlab chiqarishning 
ayrim uchastkalarida tajribaviy to‘garaklar tashkil qilishadi va ijobiy natijadan 
so‘nggina uni keng ko‘lamda joriy qila boshlaydilar. 
AQShda to‘garak a’zolari ish vaqtida xaftasiga bir marta 1 soat ichida 
yig‘ilishadi, to‘garakning ishlari esa ishdan tashqari paytda o‘tkazilib, ularga 
oshirilgan stavkalarda haq to‘lanadi. 
Aksariyat hollarda AQSH firmalaridagi sifat to‘garaklari 1,5-2 yil 
mobaynida faoliyat yuritadilar, halos. Bunga asosiy sabab firma rahbarlari 
tomonidan ularni butkul qo‘llashning yo‘qligi, to‘garak a’zolarining qo‘shimcha 
harajatlar bilan bog‘liq takliflarining qondiraverilmasligi va o‘qitish tizimining 
yetarli darajada mukammal emasligidadir. Shuning uchun hozirga kelib, ularga 
ma’lum talablar qo‘yilishi kerakligini hayotning o‘zi talab qilmoqda. 
AQShda sifat to‘garaklaridagi tashkiliy guruhlarga qo‘yiladigan talablar: 
1. To‘garakda qatnashish ihtiyoriy bo‘lishi lozim. To‘garak a’zolari va 
ularning rahbarlari hal qilinuvchi muammolarni o‘zlari tanlaydilar. To‘garakda 
faqat ma’muriyatga tegishli muammolar ko‘rilmaydi. To‘garakni tuzilishida 


205 
muammolarni hal qilish prinsiplarini o‘rganadilar, bu o‘z navbatida to‘garakning 
kelgusidagi ishlarini muvaffaqiyatli bo‘lishiga asos bo‘ladi.
2. To‘garak qatnashchilari ish vaqtida yig‘ilishadi (haftasiga 1 soat). 
Yig‘ilishning umumlashgan tartibi: 
- ochish, yangi a’zolarni qabul qilish, umumiy tavsifga ega bo‘lgan 
yangiliklar va tashkiliy masalalar - 5 minut, 
- to‘garak ishining xaftalik yakuni - 5 minut 
- mahorat oshirishda yangiliklar va yangi materiallarni o‘rganish haqida -5 
minut, 
- amaliy masalalarga qo‘llanuvchi yangi o‘zlashtirilgan bilimlar 40 minut, 
- yakun yasash, natijalarni baholash - 5 minut. 
To‘garak rahbarlari yetarli malakaga ega bo‘lmog‘i, ishonch qozonmoqligi 
va to‘garakni boshqarishga ihtiyoriy roziliklarini bermog‘i lozim. Ular firma 
boshliqlari va kasaba uyushmalari bilan aloqada bo‘lishlari shart. 
3. Hamma darajadagi mutaxassislar texnikaviy maslahatchilar sifat 
to‘garagi ishiga yordam berishga majburdirlar, ularning iltimosiga binoan 
majlislarga qatnashishi ham mumkin. 
4. Kichik va o‘rta holdagi firmalar o‘zlarining sifat to‘garagi ishlarini 
muvofiqlashtiruvchi xodimiga ega bo‘ladi, katta firmalarda esa bunday shaxslar 
bir va undan ortiqni tashkil etishi mumkin. Muvofiqlashtiruvchi xodim sifat 
to‘garagi va to‘garaklar orasida hamda rahbariyat o‘rtasidagi aloqa o‘rnatuvchi 
shaxsdir. 
5. Firma tarkibidagi o‘rta rahbarlar ustalar, texnologlar tomonidan doimiy 
himoya qilinadi. 
6. Firmaning eng yuqori rahbariyati tomonidan sifat to‘garaklarining 
rejalarini himoya qilish kafolatlanadi. 
AQShda o‘z rejalariga ega bo‘lgan 300 ta sifat to‘garaklarida o‘tkazilgan 
so‘roqlash natijalari quyidagilarni ko‘rsatadi. Sifat to‘garagining imkoniyatlari 
qanaqa degan savolga firmalar quyidagicha javob berishdi (foiz hisobida): 
"chegarasiz" -0, 
"favqulotda samarador" - 37, 
"yaxshi, hamma vaqt emas" - 32, 
"yaxshi, lekin yutuq bundan ortiq bo‘lishi mumkin edi" - 8, 
"juda chegarali, yutug‘i esa kafolatsiz" –
Sifat to‘garaklarining samaradorligi haqidagi fikr juda e’tiborga 
sazovordir, so‘ralganlardan 30 foizi har bir sarflangan dollar evaziga 1 dan 3 
dollargacha oylik tariqasida, 20 foizi esa 4 dan 12 dollargacha olganliklarini 
aytdilar. 48 foizi esa o‘zlarining bu masalada aniq ma’lumotlari yo‘qligini 
ko‘rsatdi, faqatgina 2 foizi esa bu harakatlar o‘zini o‘zi oqlay olmaydi deb javob 
berdi. 
So‘rov natijalaridan ko‘rinib turibdiki, hamma tekshirilgan to‘garaklar-
ning faqatgina 37 foizi samarali ishlagan. Buning natijasida xulosalar qilinib, 
to‘garakning tayyorlov ishlariga yanada e’tibor berildi. Maxsus rejalar tuzildi, 
rejalarni bajarish uchun maxsus muvofiqlashtiruvchi xodim tayinlandi. To‘garak 
rahbarlariga bo‘lgan talablar qayta ishlab chiqildi. O‘qish dasturlari kuchaytirildi, 
birinchi navbatda to‘garak rahbarlarining malakasiga e’tibor oshirildi. Ular 


206 
statistik nazorat usullarining asoslarini o‘rgandi, mavjud muammolarni hal qilish 
usullari va boshqa o‘quv uslubiy taraflariga e’tibor berildi. Bundan tashqari baxs 
o‘tkazish qoidalari, tortishuv va janjallarni hal qilish usullari, eshitishga 
o‘rgatish, janjalli sharoitlarni keltirmaslik kabilar to‘garak rahbarlariga maxsus 
kurs tariqasida o‘rgatildi. Natijada to‘garak rahbarlari to‘garak a’zolarini 
o‘qitishni boshladi, hamda to‘garaklar faoliyatini tashkil qilishda katta e’tiborni 
uslubiy ta’minlashga qaratdilar. Bu maqsadlarda ko‘pgina kompaniyalar, 
universitetlardagi mutaxassislar yoki maslahatchi firmalar yordamiga murojaat 
qiladi. 
Sifat to‘garaklaridan foydalanishda, amerikalik korxona egalari ularning 
ishlarini mahalliy sharoitlarga moslashgan holda olib boradilar va shuning uchun 
aksariyat hollarda Amerikadagi to‘garaklarning faoliyati Yaponiyadagidan 
farqlanadi. Xususan, agar Yaponiyada faqat 50-60 to‘garaklar o‘zlarining 
darslarini ish soatlarida bajarsa, Amerikadagi to‘garaklar esa o‘z rejalariga ko‘ra, 
deyarli ishchi soatlarda o‘tkaziladi. Amerikadagi korxona egalari sifat nazorati 
to‘garaklarini joriy qilishda ishchilarni to‘garaklarda qatnashishini har taraflama 
rag‘batlantiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, to‘garaklarning "insonga" bo‘lgan 
yo‘nalishi, alohida o‘rin egallaydi. Masalan, "Ford" kompaniyasi o‘zining 
to‘garaklarini yaratilishining asosiy maqsadini "insonning fikr almashuvini 
yaxshilash, uning ishdagi sifatini, ijodiy potensialini oshirish" deb e’lon qilgan. 
Ayrim G‘arbiy Yevropa kompaniyalari boshqarishning Yaponiya usuli deb 
ataluvchi usulini o‘rganishda ishlarining oqilona elementlarni joriy qilish bilan 
boshladilar. Eng ko‘p tarqalgani Sifat to‘garaklari bo‘ldi. Birinchilardan bo‘lib, 
bu usulni qo‘llagan davlat Buyuk Britaniyadir. Biroz keyinroq Fransiyada, 
Germaniyada, Italiyada, Ispaniyada, Niderlandiyada shunga o‘xshash to‘garaklar 
tarqala boshladi. Hozirgi vaqtda shunday to‘garaklar deyarli hamma 
mamlakatlarda mavjuddir. 
G‘arbiy Yevropa korxonalarida to‘garaklarning natijalarini joriy qilish 
deyarli yuqori samaradorlik bilan amalga oshirilmoqda. 
Sifat to‘garaklarining faoliyati faqatgina korxona ishlarini yaxshilash bilan 
bir qatorda boshqarish apparatining ishlarini yaxshilash, ish yuritishni 
osonlashtirish, hujjatlar sonini kamaytirish, kelishib olish va qarorlar qabul 
qilishni takomillashtirish masalalari bilan ham shug‘ullanadi. 
Mutaxassislarning fikricha G‘arbiy Yevropa firmalarida to‘garaklarning 
joriy bo‘lishi Yaponiyanikidan jadalliroq ekan. 
Belgiyada shunday to‘garaklar tashabbuskorlari sifat to‘garagining amaliy 
assotsiatsiyasiga birlashgan. Mamlakat bo‘ylab sifat to‘garaklari faoliyat 
ko‘rsatayotganliklari qayd qilingan. Mamlakatdagi ko‘pgina firmalar sifat 
nazoratini yalpisiga joriy qilish yo‘lini tutdi. Bu esa o‘z navbatida sifat 
to‘garagining mavqeini birmuncha oshirdi. 
1986 yili Italiya milliy assotsiatsiyasi sifat to‘garaklarini tashkil qildi va 
hozirga kelib bu mamlakatda 400 dan ortiq korxonalarda sifat to‘garaklari 
mavjud bo‘lib, ularning soni 4 mingdan ortib ketdi. 
Mutaxassislarning fikrlariga qaraganda korxonalarda tuzilgan sifat 
to‘garaklari 96 foiz yutuqlarga ega bo‘lmoqda. 


207 
Sifat to‘garagining Shved assotsiatsiyasi 110 korxonani birlashtirgan, 
hammasi bo‘lib mamlakatda 500 shirkatlar o‘z rejalariga ega. Bulardagi eng faol 
sifat to‘garaklarining soni 30 dan ortiqni tashkil qiladi. 
Xitoy Xalq Respublikasida sifat to‘garaklari ham asta-sekin ko‘paya bordi. 
1980 yilda mamlakat bo‘yicha 400 mingdan ortiq "Sifat to‘garaklari" bor deb 
hisoblanar edi. 1985 yilga kelib, ularning soni 500 mingdan oshdi. Xitoy 
to‘garaklari muxandis-texnik xodimlarni, ishchilarni va boshqaruv bo‘g‘inidagi 
xizmatchilarni birlashtiradigan to‘garaklarni o‘z ichiga oladi. 
Bu tadbirlarning hammasi nimalarga olib keladi, sanoatga nima beradi? 
Dastavval, korxona xodimlari tomonidan o‘zlarining maqsadlari va vazifalarini 
aniq bilish va ko‘rishdan iborat. Sifat to‘garaklari kollektivga ta’sir ko‘rsatib, 
ularni mahsulotning sifatini yuqori darajada ta’minlashga xodimlarni safarbar 
qiladi. Shuning uchun ko‘pgina mamlakatlarda bu masalaga birinchi navbatdagi 
masala deb qaralmoqda. Bu muammoni yechishda korxona rahbari va kollektiv 
tadbirlarga ishonch hosil qilib, qo‘lni qo‘lga berib bir tanu, bir jon bo‘lib harakat 
qilishlarini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Ana shundagina sifat to‘garaklari 
o‘z samaralarini bera boshlaydi. Buni har bir ishbilarmon, korxona rahbari chu-
qur tushunishi va vijdonan bajarishi lozim. Mahsulot sifatining yaxshilanishi 
sanoatni har taraflama rivojlanishiga, mustahkamlanishiga olib kelib, davlatning 
iqtisodiy qudratini oshirishga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin