Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

 
12.2.
Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi 
Belgilangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini 
tanlash, bu ko‘rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo‘luvchi 
qiymatlar bilan taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi ishlarning yig‘indisi mahsulot 
sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash 
uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo‘linadi: 

foydalanishda sarflanadigan mahsulot; 

o‘z resursini sarflaydigan mahsulot. 
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni 
asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi: 

mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini; 

iste’molchilar talablarining tahlilini; 

mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini; 

sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan asosiy talablarni. 
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin: 
*
texnikaviy; 
*
tashkiliy; 
*
iqtisodiy; 
*
ijtimoiy. 
Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda 
nazorat vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, 
yarimfabrikat-larning sifati va shunga o‘xshashlar kiradi. 
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va 
uskunalarni ta’mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, 
asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta’minlanganligi, ishlab 


208 
chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish va ish 
vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi. 
Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to‘lash shakllari, oylik maoshning 
miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag‘batlantirish; mahsulotning 
yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish; uning sifat darajasi; tannarxi; 
mahsulotning bahosi va shunga o‘xshashlar kiradi. 
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish; malaka oshirishni 
tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, 
turmush sharoitlari, o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va 
tarbiyaviy ishlar kiradi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin