117
muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni
ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi va
ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchi /birinchi
tomon/ va xaridor /ikkinchi tomon/ ning
manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo
mustaqil ravishda ish ko‘radilar.
Uchinchi
tomon
tarafidan
qilinadigan
sertifikatlash-tirish
ishlab
chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l
keng qo‘llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi
tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlash-tirish tizimini tashkil etish amalda
shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab
chiqaruvchi assotsiyatsiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy
tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar
boshida
ite’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini
sertifikatlash-tirish tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy
bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy
miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda
uchinchi tomon tarafidan
o‘tkaziladigan texnikaviy meyorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini
qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun
sertifikatlashtirishni
tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan
himoyalangan
qurilmalarning,
kemalarning,
so’zish
vositalari-ning,
tayyoralarning,
aviatsiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog‘
texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat
o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: