96
Texnikaviy shartlar texnika qumitasi raisi yoki ishlab chiquvchi rahbariyati
imzolagan ilova xati, texnikaviy shartlar kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlar,
qabul komissiyasi, davlat sinovlari va boshqa sinov bayonnomalari, texnologiya
yo‘riqnomasi yoki ishlab chiqarish qoidalari (oziq – ovqat va kimyo sanoati
mahsulotlariga) bilan birga taqdim etiladi.
Texnikaviy shartlarni (texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni)
tasdiqlash hujjatning titul varag‘idagi «Tasdiqlayman»
grifi ostiga korxona
rahbari (rahbar o‘rinbosari) qo‘yadigan imzo bilan rasmiylashtiriladi.
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni (texnikaviy hujjatlar
kompleksini topshirish haqida shartnomada boshqa shart qo‘yilmagan bo‘lsa)
texnikaviy shartlar asl nusxasini saqlovchi tasdiqlaydi.
Texnikaviy shartlar buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishib, amal
qilish muddati ko‘pi bilan 5 yilga tasdiqlanadi. Asoslanilgan taqdirda amal qilish
muddati cheklanmaydi.
Texnikaviy
shartlar
«TSH
(Tsh)»
indeksidan,
O‘zbekiston
Respublikasining qisqartirilgan nomi “O‘z”dan, texnikaviy shartlarni
tasdiqlaydigan tashkilotning shartli raqamli ifodasidan, texnikaviy shartlar tartib
raqamidan va tasdiqlanish yilining 2 oxirgi raqamlaridan iborat bo‘ladi.
Masalan: O‘zTSH 205 – 150 – 92
Bu yerda: 205 – OKPO bo‘yicha «Mahalliy sanoat» birlashmasining
shartli raqamli ifodasi,
150 – Texnikaviy shartlar tartib raqami, 92 – Tasdiqlangan yili.
Texnikaviy shartlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun texnikaviy
shartlarni tasdiqlagan korxona joylashgan hudud bo‘yicha texnikaviy shartlar
davlatlararo standartlarning va O‘zbekiston Respublikasi standartlarining
majburiy talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligini nazorat qilish maqsadida
hamda texnikaviy shartlar xususida markazlashgan axborot vujudga keltirish
maqsadida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston
davlat markazi (O‘zdavstandart) ga taqdim etiladi.
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlar O‘zstandart Agentligi idoralarida
texnikaviy hujjatlar asl nusxasini saqlovchi korxona joylashgan hudud bo‘yicha
ro‘yxatga olinadi.
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
uchun texnikaviy shartlardan ko‘chirma unga bundan avval kiritilgan
o‘zgartirishlar bilan taqdim etiladi.
Ishlab
chiquvchi
korxonalar
texnikaviy
shartlarni
(ularga
doir
o‘zgartirishlarni) tasdiqlangan paytidan kechi
bilan bir oy ichida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
– Texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar)ning asl nusxasi, 2 –
nusxasi va ko‘chirmasini;
97
– «A» ilovasiga muvofiq katalog varag‘ini;
– Texnikaviy shartlar (o‘zgartirishlar) kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlar
nusxasini taqdim etadi.
Mabodo katalog varag‘i mazmuni o‘zgaradigan bo‘lsa, mahsulotning
katalog varag‘i texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlar bilan taqdim etiladi.
Texnikaviy shartlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uni tikilgan holda
taqdim qilinadi, muqovada mahsulot nomi va texnikaviy shartlar belgichi
ko‘rsatiladi.
O‘zstandart Agentligi idoralari texnikaviy shartlarni (ularga doir
o‘zgartirishlar) ular olingan paytdan boshlab 15 kun ichida O‘zstandart
Agentligi belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda texnikaviy
shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar) ko‘chirmasini ro‘yxatga
olgan idora nomi,
davlat ro‘yxatiga olingan sana va tartib raqamini ko‘rsatgan holda korxonaga
qaytaradi.
Texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar), mahsulotning katalog
varag‘i ro‘yxatga olgan idorada qoladi.
Texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchi yoki asl nusxasini saqlovchi
korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlarni asl nusxa
varagiga o‘tkazadi.
Quyidagi mahsulotlarning texnikaviy shartlari davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilmaydi:
– tajriba namunalari (tajriba turkumlari);
– esdalik sovg‘alari va xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari
(qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar bundan mustasno);
–
xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlarning texnologiya sanoat
chiqitlari, mustaqil ravishda yetkazib berilishi mo‘ljallanmagan yoki bitta
korxonaning bevosita buyurtmasi bo‘yicha tayyorlanadigan buyumlar, yarim
fabrikatlar, moddalar va
ashyolarning tarkibiy qismlari;
– alohida birlik yoki arzimagan bir to‘p tarzida har zamonda ehtiyoj
to‘g‘ilganda ishlab chiqariladigan texnologik jihatdan qurollanish vositalari
(o‘lchash vositalari bilan sinash vositalari bundan mustasno).
Dostları ilə paylaş: