37
dielektrik o‘tkazuvchanlik), logarifmik (masalan, elektr quvvati va
kuchlanishining logarifmik nisbati) bo‘lishi mumkin.
O‘lchamliklarning nazariyasi odatda hosil qilingan ifoda (formula)larni
tekshirish uchun juda qo‘l keladi. Ba’zan esa bu tekshiruv noma’lum bo‘lgan
kattaliklarni topish imkonini beradi.
3. Kattaliklarning birliklari
Muayyan ob’yektni tavsiflovchi kattalik shu ob’yekt uchun xos bo‘lgan
miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi ob’yektlar o‘zaro birgalikda ko‘rilayotganda
faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko‘ra tafovutlanadi.
Buning uchun esa
solishtirilayotganda ob’yektlararo biror bir asos bo‘lishi lozim. Bu asosga
solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday
tavsiflash asoslariga
kattalikning birligi deb nom berilgan.
Ko‘rilayotgan fizikaviy ob’yektning ixtiyoriy bir xossasining miqdor
tavsifi bo‘lib uning o‘lchami xizmat qiladi. O‘lcham bilan qiymat tushunchalarini
bir – biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 g, 10
5
mg, 10
– 4
t – bir
o‘lchamni 3 xil ko‘rinishda ifodalanishi bo‘lib, odatda “massa o‘lchamining
qiymati” demasdan, “massasi (...) kg” deb gapiramiz.
Demak kattalikning
qiymati deganda uning o‘lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini
tushunishimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: