55
8- MA’RUZA. O‘LCHASHLARNING TURLARI VA USULLARI.
REJA:
1. O‘lchashlarning usullari va turlari.
2. O‘lchash vositalari va ularning turlari.
3.
O‘lchash asboblari
Tayanch so‘zlar
: o‘lchash obekti, o‘lchash usuli, o‘lchash vositasi, o‘lchov,
o‘lchash asbobi.
O‘lchashlarning usullari va turlari
Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash
amali bilangina topish
mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu
turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb
, shunday solishtirish, anglash,
aniqlash jarayoniga
aytiladiki. unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida,
xuddi shu
turdagi, birlik sifatida qabul qilingan, miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu
har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir;
ikkinchidan, bu fizik
eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan
kattalikning
o‘lchov birligi ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan
kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi
(tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda
tutiladigan maqsad, ya’ni
izlanuvchi kattalik, bu shunday asosiy kattalikki, uni
aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maksadi xisoblanadi va
o‘lchash
obekti
ishtirok etadi. O‘lchash obekti (o‘lchanadigan kattalik)
shunday
yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy
izlanuvchi kattalik aniqlanadi,
yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan
kattalik
solishtiriladi.
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash,
o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.
O‘lchash
- bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida
informatsiya qabul
qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son
qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
Dostları ilə paylaş: