1-amaliyot mashg‘ulot O‘lchov xatoliklari. Absolyut va nisbiy xatoliklarni aniqlash



Yüklə 117 Kb.
səhifə1/3
tarix04.10.2023
ölçüsü117 Kb.
#152282
  1   2   3
1-amaliyot mashg‘ulot Metrologik o‘lchov xatoliklari. Absolyut v


1-amaliyot mashg‘ulot
O‘lchov xatoliklari. Absolyut va nisbiy xatoliklarni aniqlash
O‘lchov deb berilgan kattalikni shartli ravishda birlik deb qabul qilingan boshqa bir kattalik bilan taqqoslanadigan bilish jarayoniga aytiladi
Q = U g
bu yerda Q – o‘lchaniladigan kattalik, U – o‘lchaniladigan kattalikda qancha birlik borligini ko‘rsatadigan son g – o‘lchov birligi
O‘lchanadigan kattalikni o‘lchov birligi bilan taqqoslash uchun qo‘llaniladigan asbob o‘lchov asbobi deb ataladi.
Texnologik jarayonlarning barcha parametrlari Xalqaro birliklar sistemasi SI (0K, 0C, M, kg/sek, m /sek, n/m , kg/sm va boshq) bo‘yicha o‘zlarining birliklariga ega.
O‘lchov asboblarining tekshiruvi deb, uning ko‘rsatmalarini o‘lchovlardagi xatoliklarni aniqlash uchun ishlab chiqariladigan yanada aniqroq bo‘lgan asbob ko‘rsatmalari bilan solishtiriladi.
O‘lchaniladigan kattalikning qiymati sonini aniqlash uchun o‘lchovlarning bevosita va bilvosita usullaridan foydalaniladi.
Bevosita - o‘lchovlar o‘lchaniladigan kattalikni o‘lchov asboblarining o‘lchamlari yoki ko‘rsatmalari (tarozi, hajm o‘lchash schyotchiklari va bosh) bilan bevosita taqqoslashga asoslangan. Masalan: uzunlikni-metr bilan va bosimni – manometr bilan o‘lchash usullari bevosita usul deyiladi. Bevosita o‘lchovlarning quyidagi asosiy usullari mavjud: bevosita aniqlash usullari, kompensatsion (nol) va differensial (farqlash) usuli.
Bevosita aniqlash usuli bilan o‘lchaniladigan kattalikning miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri asbobning chiqish kattaligiga aylanadi va asbob bevosita o‘lchaniladigan kattalikning miqdorini ko‘rsatadi.
Kompensatsion (nol) usuli deb noma’lum o‘lchaniladigan kattalikni ma’lum kattalik bilan solishtirishga aytiladi. O‘lchaniladigan kattalikning miqdori tenglashtiriladigan (ma’lum) kattalik qiymatiga teng muvozanatda bo‘ladi. Bunday asboblar qatoriga potensiometrlar, kuchli kompensatsiyali asboblar va mayinli tarozilar kiradi.
Differensial (farqlash) usuli shundan iboratki, asbob yordamida o‘lchanadigan va qandaydir bir ma’lum kattalik o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Undan so‘ng o‘lchanadigan kattalik ma’lum kattalik qiymati va olingan farqni algebraik ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Bilvosita – bunday usul bilan noma’lum kattalik Q bevosita emas, balki o‘zi funksional bog‘lanish bilan bog‘langan boshqa bir yoki bir necha kattaliklarni (A,B,C,…) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘lchanadigan kattalik quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi
Q=f (A,B,C,…)
Masalan: bakdagi suyuqlik miqdori sathga ko‘ra
O‘lchov asboblari deb o‘lchanadigan kattalikni o‘lchov birligi bilan bevosita yoki bilvosita taqqoslash uchun xizmat qiladigan qurilmaga aytiladi.
O‘lchov asboblarining asosiy elementlari - sezgir element yordamida bevosita o‘lchovni amalga oshiradigan o‘lchov mexanizmi va hisoblagich qurilmadan (o‘zi yozadigan va umumiy yig‘indisini ko‘rsatadigan) iborat.
Shkaladagi belgilar graduirovka deb ataladi, miqdoriy belgilar esa shkalaning raqamlanishi deb ataladi. O‘lchov birliklarida ifodalangan shkalaning eng kichik bo‘linmasi – shkala bo‘linish bahosi (qiymati) deb ataladi. Shkalaning boshlang‘ich va oxirgi belgisini asbobning quyi va yuqori o‘lchov chegarasi yoki shkala diapazoni belgilaydi.
Bir korpusga ega asbob ko‘pincha mahalliy asbob bo‘ladi, bir necha korpusdan iborat asbob esa – ko‘rsatgichni masofadan uzatadigan hisoblanadi. Ko‘rsatgichni masofadan uzatadigan o‘lchov qurilmasi birlamchi va ikkilamchi asbobdan iborat. Birlamchi asbobda komplektning qabul qilib oluvchi qismi o‘lchov punktida o‘rnatiladigan sezgir elementdan iborat. Ikkilamchi asbob birlamchi asbobdan qabul qilib hisoblagich qurilmaning tegishli bo‘limiga o‘tkazgan signalni qayta o‘zgartirib, o‘lchanadigan kattalikning ko‘rsatgichini beradi.
Masofadan o‘lchashda birlamchi asboblar birlamchi o‘zgartirgich (datchiklar) bilan ta’minlanadilar, bu datchiklar o‘lchanadigan kattalikni proporsional ravishda pnevmatik yoki elektr signaliga aylantirib beradilar.
O‘lchov asboblarining sifati - o‘lchovning aniqligi, sezgirligi va tezkorligi bilan xarakterlanadi.
O‘lchov asbobining aniqligi uning ko‘rsatmalarining ishonchligi bilan belgilanadi, ya’ni o‘lchov natijalari o‘lchanadigan kattalikning amaldagi qiymatidan qanchalik farq qilishi bilan.
Asbobning sezgirligi - deb uning o‘lchanadigan kattalikdagi uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlariga nisbatan javob berish xususiyatiga aytiladi. Asbobning sezuvchanligini ko‘rsatkich (strelka)ning chiziqli yoki burchakli, siljishining, o‘lchanadigan kattalikda ushbu siljish tufaylshi sodir bo‘lgan o‘zgarishiga nisbati orqali ifodalash mumkin.
S = yoki S =
bu shuni anglatadiki, o‘lchov asbobida o‘lchanadigan kattalikning chetga og‘ishi qanchalik kam qayd etilsa, uning sezuvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Asbobning tezkorligi – uning ko‘rsatmalarining kech qolishi tufayli yuzaga keladigan inersiyalikka bog‘liq.
Turli asboblar uchun o‘zining ekspluatatsiyasi sharoitiga bog‘liq talablari mavjud (xarorat, namlik, vibratsiya va boshq).
O‘zbekiston Respublikasida sanoat asboblari va avtomatlashtirish vositalari uchun yagona davlat tizimi (GSP) amal qiladi.
GSP ning tuzilishi o‘lchov va avtomatlashtirish vositalarini keng standartlashtirish va unifikatsiyalashni ko‘zda tutadi.
Signallarni unifikatsiyalashtirish (bir xillash) GSPning asosiy vazifasidir (pnevmatik signal 0,02-0,1 MP; elektr signali 0-5; 0-20 ta).
O‘lchashlardagi xatoliklar - Fizik kattaliklarning o‘lchovini o‘lchov asboblari va o‘lchov usullarining nomukammalligi oqibatida, shuningdek o‘lchov sharoitining ta’siri tufayli mutlaqo aniq amalga oshirib bo‘lmaydi. Bunda paydo bo‘ladigan xatoliklar soni o‘lchov xatoligi deb ataladi, ya’ni o‘lchov asbobining xatoligi deb uning ko‘rsatmasi va o‘lchanadigan kattalikning haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farqga aytiladi.
O‘lchovning xatoligi absolyut yoki nisbiy kattalik ko‘rinishida ifodalanishi mumkin.
Absolyut xatolik – “a” o‘lchov birliklarida ifodalanib, asbob ko‘rsatmasi An va o‘lchanadigan kattalikning xaqiqiy qiymati Ad o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi.
a = Ap - Ad.
nisbiy xatolik “v” esa protsentlarda keltirilib, absolyut xatolikning xaqiqiy qiymatga munosabatini bildiradi
ya’ni b = 100%
O‘lchanadigan kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun asbobning ko‘rsatmasiga absolyut xatolikning soniga teng ravishda qarama-qarshi (teskari) belgi bilan olingan “d” tuzatishi kiritiladi.
Texnikada shunday asboblardan foydalaniladiki, ular yordamida faqatgina avvaldan belgilanib berilgan aniqlik – yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatolik bilan o‘lchovlar o‘tkaziladi.
Asboblarning normal sharoitda ishlashiga muvofiq keladigan, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatoliklar kattaligi standartlar tomonidan belgilanadi. O‘lchov asboblari yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatoliklari kattaligiga ko‘ra quyidagi aniqlik sinflariga bo‘linadi: 0,005; 0,02; 0,05; 0,2; (na’munaviy, laboratoriya va etalon asboblar), 0,35; (nazorat asboblari) 0,5; 1; 1,5; 2; 2,5; (texnik asboblar)
SHartli ravishda belgilangan aniqlik sinfi – N shkalasi diapazoniga keltirilgan va protsentlarda ifodalangan, ya’ni , eng katta yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatolik “a” ga mos keladi. Boshqa tarafdan protsentlarda ifodalangan diapazon shkalasiga absolyut xatolikning nisbati keltirilgan nisbiy xatolik deb ataladi. Ya’ni =
SHunday qilib, asbobning aniqlik sinfi asbob shkala diapazoniga nisbatan (protsentlarda) yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolikni ko‘rsatadi.
Aniqlik sinfi odatda asbobssiferblatida belgilanadi.
O‘lchov asbobining normal ishlash sharoitidagi holati va xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan o‘lchov xatoliklari asosiy xatoliklar deb, qolgan barchasi esa – qo‘shimcha xatoliklar deb ataladi.
Asbobning asosiy xatoligini topish uchun u ma’lum bir muddat o‘tgandan so‘ng tekshiruvdan o‘tkaziladi, ya’ni uning ko‘rsatmalari tekshirilayotgan asbobga nisbatan bir necha barobar kam xatolikka ega, yanada aniqroq bo‘lgan asbobning ko‘rsatmalari bilan solishtiriladi.
Odatda tekshiruv o‘lchanadigan kattalik qiymatining oshayotganida (to‘g‘ri yurish), keyin esa kamayayotganida (teskari yurish) amalga oshiriladi.
O‘lchov kattaligining bir hil qiymati va o‘zgarmas tashqi sharoitda olingan u yoki bu o‘lchovlar ko‘rsatmasi o‘rtasidagi eng katta farq asbob ko‘rsatmasining variatsiyasi deb ataladi. Variatsiyaning paydo bo‘lishi, odatda sezuvchan elementning elastikligi (tarangligi) yoki termikligi oqibatida, asbobning xarakatlanadigan qismlarining ishqalanishi natijasida, o‘lchov mexanizmi qismlarining birikkan joylari orasida juda tor tirqish (lyuftlar) bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladi.
Asbob variatsiyasining 2 ko‘rsatmasi ko‘pincha shkala diapazonidan foizlarda ifodalanadi.
= 100%
va asbobning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatoligidan kichik bo‘lishi lozim (aniqlik sinfidan).
Agarda asbob normal sharoitdan farq qiladigan sharoitda ishlasa, unda qo‘shimcha xatoliklar paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, o‘lchovning xatoliklari ularning xarakteriga qarab sistematik, tasodifiy va qo‘pol turlariga bo‘linadi.

Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin