Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   206
O‘lchash jarayoni 
- bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir 
(solishtirish qanday usulda bo‘lmasin). 
O‘lchash usuli esa
- bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura 
yordamida, o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq 
yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. 
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) 
aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish 
asosida bevosita o‘lchash obekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash 
jarayeni yordamida esa shu o‘lchash obekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi 
va nihoyat ba’zi matematik kayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida 
yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi. 
O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash 
birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi. 


56 
X=n[x], 
bu yerda X — o‘lchanadigan kattalik n — o‘lchanayotgan 
kattalikning qabul . kilingan o‘lchov birligidagi son kiymati; [x] — o‘lchash 
birligi 
O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash natijalari 
o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik 
boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda, 
ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o‘lchash haqidagi tushuncha 
quyidagicha ta’riflanadi. 
O‘lchash — bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va 
o‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan 
kattalikning ishlatish, o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay 
formadagi ifodasini ishlab chiqishdir. 
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq 
nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.
O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari 
(yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz. 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin