Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi
– o‘lchanayotgan kattalikning biror 
qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil 
bo‘ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi (5.1 – rasm): 

 = (А
0
’ – А
0
”)/А
хmах
*100 %, 
bu yerda,
 
А
O

,
 
А
0

– o‘lchanayotgan kattalikning (namunaviy asbob 
yordamida) takror o‘lchashdagi qiymatlari. Variatsiya asosan qo‘zg‘aluvchan 
qismi tayanchga o‘rnatilgan asboblarda ishqalanish hisobiga kelib chiqadi. 


62 
 
1 – rasm. Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi. 
Asbobning o‘lchash xatoligi.
Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy 
xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida 
keyingi mavzularda yetarli ma’lumotlar berilgan. 
O‘lchash diapazoni.
 
Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. 
Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari 
ham beriladi. 
Xususiy energiya sarfi.
 
Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning
o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini 
baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni 
bajarishda bu juda muhimdir. 
Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv 
ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni 
bajarishda juda muhimdir. 
Ishonchliligi (chidamliligi)
– o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash 
sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini 
(ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi 
asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining 
ishonchliligi, odatda, bo’zilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va 
taxminan quyidagicha topiladi: 

 = n / n 
um 

bu yerda:
n – 
ishonchlilikka sinalgan asboblar soni; 
n
um
 
– umumiy (ko‘p 
seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni. 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin