60
9- MAVZU: O‘LCHASH VOSITALARI VA ULARNING
METROLOGIK XUSUSIYATI
Reja:
1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari.
2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari.
2. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi.
3.Analog o‘lchash
asboblari, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik
o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari.
4. Raqamli o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari.
Tayanch iboralar:
o‘lchash asboblari, o‘lchash asbobining sezgirligi,
sezgirlik ostonasi, asbob ko‘rsatishining variatsiyasi, asbobning o‘lchash
xatoligi, asbobning o‘lchash diapazoni, xususiy energiya sarfi, asbobning
ishonchliligi (chidamliligi), analog o‘lchash asboblari, o‘lchash zanjiri,
o‘lchash mexanizmi, magnitoelektrik o‘lchash asboblari, elektromagnit
o‘lchash asboblari, elektrodinamik o‘lchash asboblari, elektrostatik o‘lchash
asboblari, induktsion o‘lchash asboblari, raqamli o‘lchash asboblari
.
1.
O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi
xatoligini oldindan
belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning
me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan
xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil,
muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin.
Ammo, yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi
me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash
asbobining
xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar
asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi.
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi
bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi
asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi:
а.k
0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning
keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi:
а.k
=
k mах
k
;
а.k
k mах
k
q
/А
х max
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan
chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi
shkala oxirida
1,5 % ga tengligini bildiradi.
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda
aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani
unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha
0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi
61
xatoliklari ±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki,
bu turdagi
asboblarda shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib
boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich
bo‘laklarida o‘lchash tavsiya etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: