Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi. 2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari
Har qanday o‘lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik
tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi.
O‘zgartirish funksiyasi – buni analogli o‘lchash asboblarida shkala
tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish
funktsiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv
xatoliklarni esa kamaytiradi.
Sezgirligi. Umuman sezgirlik – bu o‘lchash vositasining tashqi signalga
nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash
vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan
aniqlanadi:
; X / Y X / Y Lim S 0 X
Bevosita ko‘rsatuvchi asboblar uchun sezgirlik asbob qo‘zg‘aluvchan
qismining og‘ish burchagini o‘lchanadigan kattalik bo‘yicha birinchi hosilasi
bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi:
S = d
/dx, bu yerda d
– asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagi.
Sezgirlik ostonasi – bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik.
(boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli
o‘zgarishiga olib keladi.
S = Х min /Х nоm *100 %, bu yerda,
Х min – o‘lchanadigan kaggalikning eng kichik (boshlang‘ich)
qiymatidir.