Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   206
Takrorlash uchun savollar. 
1.
SI birliklar tizimi haqida so‘zlab bering. 
2.
O‘lchash birliklariga qo‘shimchalar deganda nimani tushunasiz? 
3.
O‘lchash birliklarini yozishda nimalarga e’tibor berish lozim? 


55 
8- MA’RUZA. O‘LCHASHLARNING TURLARI VA USULLARI. 
REJA: 
1. O‘lchashlarning usullari va turlari. 
2. O‘lchash vositalari va ularning turlari. 
3.
 
O‘lchash asboblari
 
Tayanch so‘zlar
: o‘lchash obekti, o‘lchash usuli, o‘lchash vositasi, o‘lchov, 
o‘lchash asbobi.
O‘lchashlarning usullari va turlari 
Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish 
mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu 
turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb
, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga 
aytiladiki. unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu 
turdagi, birlik sifatida qabul qilingan, miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi. 
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu 
har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik 
eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning 
o‘lchov birligi ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan 
kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi 
(tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda 
tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik, bu shunday asosiy kattalikki, uni 
aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maksadi xisoblanadi va 
o‘lchash 
obekti
ishtirok etadi. O‘lchash obekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday 
yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, 
yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik 
solishtiriladi. 
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, 
o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli. 
O‘lchash
- bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul 
qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son 
qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir. 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin