muvozanati, tarmoq muvozanati (E muvozanat nuqta). Endi faraz qilaylik, uzoq muddatli muvozanat holatga erishildi deylik:
(13)
va tarmoqning tipik firmasining ishlab chiqarish xajmi ga teng (7.18-b-rasm).
б)
a)
10.18-rasm. Tipik firmaning uzoq muddatli muvozanati (a),
uzoq muddatli oraliqda tarmoq muvozanatining oʻzgarishi (b).
Muvozanat holatda tipik firmaning iqtisodiy foydasi nolga teng. Bozor narxi muvozanat narx sifatida tarmoq boʻyicha (umumiy talab umumiy taklifga teng boʻladi) oʻrnatiladi (12.18-rasm b). Bu erda alohida firmalarning qisqa muddatli taklif chiziqlarining yigʻindisi umumiy bozor taklif chizigʻi ni beradi. Bozor taklif chizigʻi bilan bozor taklif chizigʻi tarmoq bozorinig muvozanat narxiini aniqlaydi. Bu narxga har bir firma moslashadi va ni ta’minlaydigan va maksimal foyda beradigan ishlab chiqarish hajmini oʻrnatadi.
Faraz qilaylik, iste’molchilarning didi oʻzgarishi bilan tarmoq mahsulotiga boʻlgan talab oshdi va talab chizigʻi holatdan holatga oʻzgaradi. Natijada yangi muvozanat narx oʻrnatildi. Yangi muvozanat narxda firmaning mahsulotiga boʻlgan talab chizigʻi holatdan holatga siljiydi (esdan chiqarmaslik kerakki, raqobatlashgan bozorda talab chizigʻi gorizontal koʻrinishga ega, ya’ni cheksiz elastik).
Yangi muvozanat narxda firma noldan farqli, musbat iqtisodiy foyda ola boshlaydi va u foydani maksimallashtirish uchun ishlab chiqarish hajmini dan ga oshirdi. Lekin, ishlab chiqarish hajmining bunday oshishi qisqa muddatli oraliqdagina sodir boʻladi. Natijada tarmoq boʻyicha ishlab chiqarish ham dan ga oshadi. Oʻrtacha firma foydasining oshishi mablagʻ qoʻyuvchilarni oʻz resurslarini boshqa tarmoqdan ushbu tarmoqga qoʻyishga undaydi, ya’ni tarmoqqa yangi firmalar kirib kela boshlaydi. Yangi firmalarning tarmoqqa kirishi bozor taklifini holatdan holatga oʻtib, yangi muvozanat narx ni oldingi darajasi ga teng boʻlgunga qadar davom etadi.
Natijada tarmoq oʻrtacha firmasining optimal ishlab chiqarish hajmi ga teng boʻlib, uning iqtisodiy foydasi yana nolga teng boʻladi va tarmoqqa yangi firmalarning kirib kelishi toʻxtaydi. Tarmoq ishlab chiqarish hajmining da oʻsishi tarmoqda ta yangi firmalarning paydo boʻlganini anglatadi.
Tarmoqqa firmalarning kirishi va undan chiqishini tarmoqda uzoq muddatli muvozanatni ta’minlovchi mexanizm deb qarash mumkin.
Tarmoqqa firmalar kirib keladi, agar ular ushbu tarmoqda iqtisodiy foyda olishini sezsa.
Tarmoqdan firma chiqadi, agar u uzoq muddatli oraliqda oʻrtacha xarajtlarini qoplay olmasa.
Tarmoqdan chiqish va unga kirish oxirgi (chekli) firma nolga teng iqtisodiy foydaga erishguncha qadar davom etadi.
Umuman olganda uzoq muddatli muvozanat holatga erishish juda koʻp vaqt talab qiladi, lekin qisqa muddatli oraliqda firma katta foyda olishi ham mumkin yoki katta zarar koʻrishi ham mumkin. Biror bir mahsulot turini ishlab chiqarishda birinchi boʻlgan firma undan keyin shu ish bilan shugʻullangan firmaga koʻra koʻproq qisqa muddatli foyda olishi mumkin. Xuddi shunday zarar bilan ishlayotgan tarmoqdan birinchi boʻlib chiqqan firma investitsiyalarining ancha mablagʻini iqtisod qilib qolishi mumkin. Uzoq muddatli muvozanatlik konsepsiyasi firmani qanday va qaysi tomonga qarab harakat qilishini koʻrsatib beradi. Uzoq muddatli oraliqda ayrim firmalar haqiqiy musbat foyda olishi mumkin. Masalan, biror firma boshqa firmalarga nisbatan kamroq xarajat sarflab mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan patentga yoki yangi gʻoyaga ega deylik. Bunday holda bu firma uzoq muddatli oraliqda musbat haqiqiy foyda olishi mumkin. Boshqa firmalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni ta’minlaydigan ushbu patentni yoki gʻoyani olmaguncha mahsulotni ishlab chiqarish bilan shugʻullanmaydi (tarmoqqa kirmaydi).
Agar firmalar ushbu patentdan foydalanish huquqini sotib olishsa, firmalarning iqtisodiy foydasi nolga teng boʻladi.
Musbat haqiqiy foyda tarmoqda harakat qilayotgan firmaning qimmatbaho aktivga, yangi texnologiyaga yoki yaxshi tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday holda boshqa firmalar tarmoqqa kirishga jur’at qilolmaydi.
Musbat iqtisodiy foyda investitsiyalarni tarmoqqa kirishga imoniyat yaratadi va ularni ragʻbatlantiradi.