Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə108/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

tarmoq muvozanati
Firmaning tarmoqdagi ulushi uning chekli xarajatini, muvozanat narx bilan teng boʻlishini ta’minlaydigan ishlab chiqarish hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni .
Shunday qilib, raqobatlashgan bozorda qisqa muddatli oraliqda faoliyat koʻrsatayotgan firma (narx bozor tomonidan belgilanib oʻzgarmaganda, talab chizigʻi gorizontal boʻlganda) muvozanat narx ishlab chiqarish hajmining barcha qiymatlarida quyidagi shartni qanoatlantirsa:
, (11)
firma oʻz foydasini maksimallashtiradi (7.10-rasm)


10.10-rasm. Firma foydasini maksimallashtirish sharti
(E muvozanat nuqta), S korxona taklifi
Agar bozordagi muvozanat narx umumiy oʻrtacha xarajatdan yuqori boʻlsa, firma normal foydadan tashqari ortiqcha foyda ham oladi.
Agar bozor muvozanati narxi boʻlganda va talab chizigʻi taklif chizigʻini va chiziqlari oʻrtasida kesib oʻtsa, ya’ni (10.11-rasm)
,
boʻlsa, firma oʻz yoʻqotishlarini (zararini) minimallashtiradi.

10.11-rasm. Firma zararini minimallashtiradigan hol

Bunday holda firma ishchi kuchidan, kapitaldan unumli foydalanishga harakat qiladi va boshqa xarajatlarni ham imkon boricha qisqartiradi.
Bordi-yu muvozanat narx firmaning oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatidan, har qanday ishlab chiqarish hajmida past boʻlsa, ya’ni , firma oʻz faoliyatini toʻxtatadi.
10.3. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizigʻi.
Uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini oʻzgartiradi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma oʻz kapitali hajmini oʻzgartirishi, ya’ni ishlab chiqarish quvvatini oʻzgartirishi mumkinligi firmaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Firma ishlab chiqarish xarajatlarining qanday oʻzgarishi ishlab chiqarish masshtabi samaradorligining oʻsishi, oʻzgarmasligi va kamayishi bilan aniqlanadi. Yana shuni eslatib oʻtish kerakki, firmaning uzoq muddatli oraliqdagi faoliyatini tahlil qilganimizda uning oʻrtacha xarajatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Faraz qilaylik, firmaning ishlab chiqarish jarayonida barcha ishlab chiqarish hajmlari uchun oʻzgarmas masshtab samarasiga ega. Bunda ishlab chiqarish omillari sarfi ikki barobar oshganda ishlab chiqarish hajmi ham ikki barobarga oʻsadi. Demak, ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan oʻrtacha ishlab chiqarish xarajatlari oʻzgarmaydi.
Endi faraz qilaylik, masshtab samarasi oʻsuvchi boʻlsin. Ishlab chiqarish omillaridan foydalanishni ikki barobar oshirganimizda, ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan koʻproqqa oshadi (masalan, uch barobarga oshirishi mumkin). Bunday holda oʻrtacha ishlab chiqarish xarajatlari qisqaradi, nima uchun deganda, ishlab chiqarish hajmining oʻsish sur’ati, omillar sarfi sur’atidan koʻp. Xuddi shunday, masshtab samarasi pasayganda, ya’ni ishlab chiqarish omillari sarfini oʻsishi sur’atidan ishlab chiqarish hajmining oʻsish sur’ati kichik boʻlganda ortib boradi.

10.12-rasm. Uzoq muddatli oraliqda oʻrtacha xarajatlar grafigi


Odatda, ishlab chiqarishning boshida masshtab samarasining oshishi, undan keyin oʻzgarmas va keyinchalik kamayishi koʻpgina firmalarga xosdir. Shuning uchun ham uzoq muddatli oraliqda umumiy oʻrtacha xarajatlar chizigʻi botiq koʻrinishga ega boʻladi (12.12-rasm).
Grafikda dan chap tomonda yotgan qismida masshtab samarasi musbat (oʻsuvchi), dan oʻng tomonda yotgan qismida masshtab samarasi manfiy va nihoyat ning kichik atrofida u oʻzgarmasdir ( oraliqda). Ishlab chiqarish hajmi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi samarali razmerini (quvvatini) ifodalaydi.
Uzoq muddatli oʻrtacha xarajatlar ( ) bilan qisqa muddatli oʻrtacha xarajatlar ( ) oʻrtasidagi munosabatni quyidagi 7.13-rasmdan koʻrish mumkin.

10.13-rasm. Masshtab samarasi oʻsganda va qisqarganda uzoq va qisqa muddatli oraliqlardagi oʻrtacha xarajatlar grafigi.


Faraz qilaylik, firma razmerini (quvvatini) tanlash boʻyicha besh xil variant mavjud. Har qaysi razmerdagi firma uchun qisqa muddatli oʻrtacha xarajatlar quyidagicha , , , , (12.13-rasm).
Uzoq muddatli oraliqda barcha resurslar oʻzgaruvchan boʻlgani uchun, barcha xarajatlar ham oʻzgaruvchan boʻladi. Firma har qanday berilgan ishlab chiqarish quvvatidan umumiy va oʻrtacha xarajatlarni minimallashtiradi. Shuning uchun ham uzoq muddatli oʻrtacha xarajatlar ( ) grafigi qisqa muddatli oraliqdagi oʻrtacha xarajatlar grafiklarini bir-biriga tutashtirish orqali hosil qilinadi. 12.13-rasmda beshta qisqa muddatli oraliqdagi oʻrtacha xarajatlar grafiklari orqali uzoq muddatli oraliqdagi oʻrtacha xarajatlar grafigi keltirilgan (12.13-rasmda qalin chiziq bilan ifodalangan).
Agar biz firma quvvatlarini yanada kichik oʻzgarishlar orqali oʻzgartirsak (qisqa muddatli oraliqlarni yanada kichiklashtirsak) chizigʻi silliq botiq chiziqqa yaqinlashib boradi.
Uzoq muddatli oʻrtacha xarajatlar ishlab chiqarish hajmining mumkin boʻlgan barcha qiymatlari uchun cheksiz qisqa muddatli oraliqdagi oʻratcha xarajatlar grafiklarini uzluksiz silliq birlashtiruvchi chiziq orqali ifodalanadi. Agar ishlab chiqarish masshtabi samarasi oʻzgarmas boʻlsa, uzoq muddatli oʻrtacha xarajat grafigi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻladi (10.14-rasm).

10.14-rasm. Ishlab chiqarish masshtabi oʻzgarmas boʻlganda uzoq muddatli va qisqa muddatli oraliqdagi xarajatlar grafigi.

Rasmdan koʻrinib turibdiki, ishlab chiqarish quvvati va ga oʻzgarganda oʻzgarmayapti.
Uzoq muddatli oraliqda tarmoq tarkibidagi firmaning muvozanat holati bozorda shakllangan narx ning ushbu firmaning oʻrtacha xarajatlari minimumiga tengligi bilan belgilanadi:
. (12)

10.15-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin