11.3-rasm. Raqobatlashgan (a) va Monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari.
Yuqorida koʻrgan edikki, raqobatlashgan bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarning ortiqchaliklari oʻzining maksimal qiymatiga erishadi. Monopol raqobatlashgan bozorning samarali yoki samarasiz ekanligini tahlil qilish uchun raqobatlashgan va Monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlarini taqqoslaymiz. Raqobatlashgan va Monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari 13.3-rasmda keltirilgan.
Bu ikki bozor oʻrtasidagi farqlarni quyidagilarda koʻrish mumkin:
1. Raqobatlashgan bozorda boʻlsa, Monopol raqobatlashgan bozordagi narx chekli xarajatdan yuqori , demak, iste’molchi qoʻshimcha bir birlik mahsulot uchun toʻlaydigan narx, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatidan yuqori. Agar ishlab chiqarish hajmi dan miqdorgacha oshirilganda ( chizigʻi bilan talab chizigʻi kesishgan nuqta) iste’molchi va ishlab chiqaruvchining umumiy ortiqchaligi shtrixlangan maydon miqdoriga teng miqdorda oshgan boʻlar edi (13.3b-rasm). Buning sababi, yuqorida koʻrganimizdek, Monopol hokimiyatning sof yoʻqotishlarga olib kelishidir, Monopol raqobatlashgan bozordagi korxonalar ham nisbatan Monopol hokimiyatga ega.
Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat nuqtada (3a-rasm) erishilsa, Monopol raqobatlashgan bozorda nuqtada (3b-rasm) erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizigʻi gorizontal boʻlib, firmaning foydasini nolga teng boʻlish nuqtasi oʻrtacha xarajatning minimal qiymatiga toʻgʻri keladi. Monopol raqobatlashgan bozorda talab chizigʻi pastga tomon yotiq boʻladi, shuning uchun ham firma foydasining nolga teng nuqtasi oʻrtacha xarajatning minimal nuqtasidan chaproq tomonga siljigan boʻladi va firma miqdorga teng rezerv quvvatga ega boʻladi. Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, oʻrtacha xarajatlarni ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining turmush darajasini pasaytiradi. Demak, Monopol raqobatlashgan bozor samarasiz hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga Monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari toʻgʻrisida ham gapirish mumkin.
Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning Monopol hokimiyati katta emas. Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini oʻrnini bosadi va shuning uchun ham alohida firma yuqori Monopol hokimiyatga ega boʻla olmaydi. Demak, aytish mumkinki, Monopol hokimiyatdan koʻradigan sof yoʻqotishlar ham uncha katta boʻlmaydi. Talab chizigʻining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, Monopol raqobatlashgan bozor tovarlar assortimentini kengaytiradi. Bu oʻz navbatida iste’molchilarga raqobatlashgan tovarlar bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi.
11.4-rasmda Monopolistik raqobat sharoitidagi uzoq muddatli muvozanat va mukammal raqobatdagi uzoq muddatli muvozanat taqqoslangan. Monopolistik raqobat va mukammal raqobat sharoitida ikkita farq mavjud: ortiqca imkoniyat va qoʻshimcha qiymat.
(A) chizmada Monopolistik raqobatlashgan bozordagi uzoq muddatli muvozanatni koʻrsatyapti, (b) chizigʻi esa mukammal raqobatlashgan bozordagi uzoq muddatli muvozanatni koʻrsatyapti. Bunda ikki tofovut mavjud.
- mukammal raqobatda firma samaradorlik shkalasida ishlab chiqaradi, bunda oʻrtacha umumiy xarajat minimallashtirilgan. Farqli oʻlaroq Monopolistik raqobatlashgan firma samarodorlik shkalasidan kam boʻlgan miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi.
- mahsulot narxi mukammal raqobat sharoitida chekli xarajatga tenglashadi, biroq narx Monopolistik raqobatdagi chekli xarajatdan baland
Ortiqcha imkoniyatlar. Bozorga erkin kirish va chiqish har bir Monopolistik raqobatlashgan bozordagI firmani talab egri chizigʻi va oʻrtacha xarajatlari egri chizigʻining bir-biriga tegib turishiga olib keladi. 13.4–rasmning (A) chizmasida ishlab chiqilgan hajm bu nuqtada oʻrtacha umumiy xarajatlarni minimallashtiriladigan hajmdan kichikligi koʻrsatilgan. Shunday qilib, Monopolistik raqobatlashgan sharoitda firmalar oʻzining oʻrtacha xarajatlar chizigʻining pastga qarab ogʻayotgan qismida ishlab chiqaradi. Shu yoʻsinda Monopolistik raqobat mukammal raqobatdan keskin farq qiladi. (B) chiziqda koʻrinib turibdiki, raqobatlashgan bozorga erkin kirish va chiqish firmani ortacha umumiy xarajatlarining minimal nuqtasida ishlab chiqaradi.
Oʻrtacha umumiy xarajatlarni minimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi korxonaning samaradorlik shkalasi deb ataladi.
Uzoq davrli muddatda mukammal raqobatlashgan korxonalar samaradorlik shkalasida ishlab chiqaradi. Monopolistk raqobatdosh korxonalar esa koʻrsatkichdan past darajada ishlab chiqaradi. Korxonalarni Monopolistik raqobat ostida ortiqcha hajmi bor deyishadi. Boshqacha qilib aytganda Monopolistik raqobatlashuvchi firma, mukammal raqobatdosh firmaga oʻxshamagan holda ishlab chiqarilgan hajmni oshirishi va mahsulotni oʻrtacha xarajatini kamaytirshi mumkin. Korxona bu imkoniyatdan voz kechadi, chunki bu qoʻshimcha ishlab chiqarishni sotish uchun, naxni kesishga toʻgʻri keladi. Monopolistik raqobatchi uchun ortiqcha hajm bilan ish tutish unga koʻproq foydalidir.
Mukammal raqobat va Monopolistik raqobat oʻrtasidagi ikkinchi farq bu narx va chekli xarajat oʻrtasidagi nisbatdir. Raqobatlashadigan firma uchun, 13.4-rasmning (B) – chizmasida koʻrsatilganidek, narx chekli xarajatlarga teng, Monopolistik raqobatda esa narx chekli xarajatlardan baland, chunki firma doim bozor hokimiyatiga ega boʻladi.
Noʻllashgan foyda holati shuni bildiradiki, narx oʻrtacha xarajatga tenglashgan, lekin mutlaqo chekli xarajatlarga ega emas. Haqiqatdan ham uzoq muddatli muvozanatda, Monopolistik raqobatdosh firmalar oʻzining oʻrtacha xarajatlari egri chizigʻining kamayayotgan qismida joylashadi, shunda chekli xarajatlar oʻrtacha xarajatlardan pastda boʻladi. Shungay qilib, narx oʻrtacha umumiy xarajatlarga teng boʻlishi uchun, u chekli xarajatlardan yuqori bolishi kerak.
Tovar narxi va chekli xarajatlar oʻrtasidagi bunday nisbatlar mukammal raqobatchilar va Monopolistik raqobatchilar orasidagi asosiy farqdir. Tasavvur qiling siz menejerga quyidagi savolni berasiz: Siz, hozir eshik ochilib, mahsulotingizni mazkur narxda sotib olish uchun yana bitta xaridor kirib kelishini istaysizmi. Mukammal raqobatdosh firma menedjeri uni qoʻshimcha xaridorlar qiziqtirmasligini aytadi. Chunki tovarning narxi chekli xarajatlarga teng boladi, qoʻshimcha sotilgan bir-birlik tovardan tushgan daromad nolga teng. Aksincha, Monopolistik raqobatdosh firma har doim yana bir xaridorga oʻch boladi. Chunki uning narxi chekli xarajatlardan oshadi va qoʻhimcha miqdor sotilishi foydani koʻpaytiradi. Bir tadqiqotchi aytganidek, Monopolistik raqobatlashgan bozorlar sotuvchilari koʻproq xaridorlarni jalb qilish uchun ularga yangi yil tabriklarini tarqatishni unutmaydi.