Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


firmaning qisqa muddatli muvozanati



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə115/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

firmaning qisqa muddatli muvozanati
Firma foydasini maksimallashtiruvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmi chekli xarajat MC va chekli daromad MR chiziqlarining kesishgan nuqtasi orqali aniqlanadi va u QSR ga teng. Muvozanat narx PSR firmaning talab chizigʻi orqali topiladi. Muvozanat narx oʻrtacha xarajatdan katta boʻlgani uchun firma iqtisodiy foyda oladi va bu foyda rasmda shtrixlangan toʻrtburchak orqali dasturlangan. Firmaning qisqa muddatli oraliqda oladigan iqtisodiy foydasi uzoq muddatli oraliqda bozorga boshqa firmalarni kirib kelishga undaydi va ular kirib kela boshlaydi. Boshqa tomondan firmaning oʻzi ham yanada koʻproq foyda olish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga harakat qiladi.
Shunday qilib bozorga yangi firmalarni kirib kelishi va oʻz markalari ostida firma mahsulotiga oʻxshash yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishi va taklif qilishi natijasida bozorda taklif ortadi, tovar narxi pasayadi, mazkur firmaning bozordagi ulushi kamayib boradi. Uning talab chizigʻi pastga qarab siljiydi (2-rasm). (Agar, firmaning xarajatlari uzoq muddatli oraliqda oʻzgarsa AC va MC chiziqlari hamda chekli daromad MR chiziqlari ham pastga siljiydi).
Mahsulot sotish boʻyicha raqobatlashuvchi firmalarni ortib borishi bozorda oʻrindosh tovarlar sonini ortishiga olib keladi. Bu oʻz navbatida har firma mahsulotiga boʻlgan talabni oʻrnatilgan narxga koʻra elastikroq boʻlishiga olib keladi. Yangi firmalarni bozorga kirib kelishi iqtisodiy foyda olish mumkin boʻlmay qolguniga qadar davom etadi

11.2-rasm. Monopol raqobatlashgan bozorda
R-firmaning uzoq muddatli muvozanati
Shunday qilib har bir monopolist firma tovarning narxi shu darajagacha tushadiki, oqibatda hech qaysi sotuvchi iqtisodiy foyda ololmaydi. Demak, raqobatlashgan monopol bozordagi uzoq muddatli muvozanat holat mukammal raqobatlashgan bozordagi muvozanat holatga oʻxshash boʻlib bu yerda ham hech qaysi firma normal foydadan ortiq foyda ololmaydi.
11.2-rasmda koʻrish mumkinki firmaning uzoq muddatli talab chizigʻi DLR uning oʻrtacha xarajati chizigʻi LAC ga tegib oʻtadi. Bu yerda ishlab chiqarish hajmi QLR va tovar narx PLR boʻlganda hamda iqtisodiy foyda nolga teng boʻlganda (nima uchun deganda PLR = LAC) erishiladi. Shu bilan birga firma monopol hokimiyatni ma’lum darajada saqlab qoladi. Firma mahsuloti noyob xususiyati bilan boshqa firmalarning mahsulotidan farq qilganligi uchun uning uzoq muddatli talab chizigʻi pastga yotiq boʻladi. Agar bozordagi tovarlar standartlashgan (bir xil sifat va xususiyatga ega) boʻlganda firmalarning mahsulotiga boʻlgan talab chizigʻi gorizontal koʻrinishda boʻladi. U holda biz uzoq muddatli mukammal raqobatlashgan bozor muvozanati holatiga erishgan boʻlar edik, ya’ni tovar narxi ( P=min AC) minimal oʻrtacha xarajat bilan belgilanar edi. Demak monopol raqobatlashgan bozorda firmalar oʻzlarining optimal quvvatidan kam quvvatda ishlaydi, bunga asosiy sabab tovarlarni differensiallashuvidir. Shu sababli monopol raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmalar rezerv quvvat bilan ishlaydi. Rezerv quvvat quyidagicha aniqlanadi: Q=(Q*R-QLR)
Misol Firma atir sovun ishlab chiqaradi va raqobatlashgan monopol bozorda harakat qiladi. Uning mahsulotiga talab funksiyasi quyidagicha berilgan:

Xarajat funksiyasi esa,

Firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mahsulot narxi va foyidalanilmagan zaxira quvvati aniqlansin?
Birinchi navbatda firmani uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorda harakat qiladigan firma sifatida qarab, uning optimal mahsulot ishlab chiqarish hajmini va mahsulot narxini aniqlayimiz.
AC=Q+8100/Q
AC =1-8100/Q2 =0 ; Q0=90
P0=AC(Q0)=Q+8100/Q=90+8100/90=180
Endi firmani raqobatlashgan monopol bozorda harakat qilgandagi muvozanat parametrlarini aniqlayimiz.
MC=2Q, R=P*Q=(200-Q)*Q, MR= 200-2Q, 2Q=200-2Q
Qm= 50 ming dona atir sovun ishlab chiqaradi.
Pm=AC(Qm)= AC=Q+8100/Q=50+8100/50=212 soʻm
Firmaning foyidalanilmagan zaxira quvvati

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin