Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Raqobatlashgan monopol bozori



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə114/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

11.2 Raqobatlashgan monopol bozori.
Monopolistik raqobat bozori oʻzining ba’zi bir xususiyatlari bilan mukammal raqobatlashgan bozorga oʻxshaydi. Bu yerda ham harakat qiluvchi firmalar koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishi cheklanmagan. Lekin bu mukammal raqobatlashgan bozordan farq qiladi. Farq shundan iboratki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot differensiallashgan, ya’ni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, bezagi, tarkibi va sotuv markasi obroʻyi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni standartlashtirilmaganligi tushuniladi. Har bir firma oʻzining tovar markasini ishlab chiqarish boʻyicha monopol hisoblanadi va u bozorda ma’lum darajada monopol hokimiyatga ega boʻladi. Firmaning monopol hokimiyati uning mahsulotining boshqa firmalar mahsulotidan qanchalik farq qilishga bogʻliq. Masalan, tish yuvish pastalari monopol raqobat bozorida sotiladigan «Kolgeyt», «Pepsodend» va «Lesnoy balzam» pastalari bir-biridan qadoqlanishi, bezagi, davolash xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Monopol raqobat bozorga misol sifatida tish yuvish pastasi, kir yuvish paroshogi, xar-xil chanqov bosdi ichimliklari bozorlarini, kiyim-kechak bozorini keltirish mumkin.
Monopolistik raqobat bozorida harakat qilayotgan firmalarning koʻpligi ularni oʻzaro maxfiy ravishda kelishuvi mumkin emasligini bildiradi. Har bir firma tavakkalchilikni boʻyniga olgan holda oʻzi harakat qiladi va oʻzining narx siyosatini belgilashda boshqa firmalarning harakatini e’tiborga olmaydi. Boshqa raqobatlashuvchi firmalar qanday harakat qiladi qanday narx siyosatini amalga oshiradi. Bu kabilarni oldindan koʻra bilish amalda mumkin ham emas. Tovarlarni differensiallashuvi nafaqat ularning sifatidagi farqlarga, bezagiga bogʻliq, balki ularni sotishda koʻrsatiladigan xizmatlarga ham bogʻliqdir. Iste’molchilarni u yoki bu tovarni tanlashiga tovarni yaxshi qadoqlanishi, doʻkonning oʻngʻay joylashuvi va ishlash rejimi, xaridorlarga yaxshi xizmat koʻrsatilishi sabab boʻlishi mumkin. Yuqoridagilar kichik magazinlarga, sartaroshxonalarga, benzin quyuvchi shoxobchalarga ham toʻliq tegishlidir.
Raqobatlashgan monopol bozor quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: Birinchidan, firmalar differensiallashgan, bir-birini oʻrnini bosish normasi yuqori boʻlgan, mahsulotlarini sotadi va bir-biri bilan raqobatlashadi. (Boshqacha aytganda bunday tovarlarning narxga koʻra elastikligi yuqori, lekin cheksiz emas).
Ikkinchidan, bozorga yangi firmalarni oʻz markasi bilan kirishi va undan faoliyat koʻrsatayotgan firmalarni chiqishi cheklanmagan. Agar firmalarning mahsulotiga talab yetarli darajada boʻlmay qolsa ular bozordan toʻsiqsiz chiqishi mumkin. Raqobatlashgan monopol bozorning oʻziga xos xususiyatini poyafzal va avtomobil bozorini taqqoslaganda koʻrish mumkin. Poyafzal bozori raqobatlashgan monopol boʻlsa yengil avtomobil bozori oligopolik bozor sifatida xarakterlanadi. Agar, poyafzal bozorida foyda yuqori boʻlsa, boshqa firmalar yangi poyafzal ishlab chiqarish oʻz markasi bilan bozorga kirish uchun kerakli boʻlgan mablagʻni sarflashi ular uchun katta qiyinchilik tugʻdirmaydi. Avtomobil bozoridagi avtomobillar ham differensiyallashgan (ya’ni uning turlari koʻp). Lekin, bu bozorga yangi firmalarning kirib kelishiga masshtab samarasi katta qiyinchilik tugʻdiradi. Nima uchun deganda samarali miqdordagi avtomobillarni ishlab chiqarish uchun juda katta mablagʻ talab qilinadi.
Uchinchidan, bozorda nisbatan katta miqdordagi firmalar faoliyat koʻrsatadi va ularning har biri sotiladigan umumiy turdagi tovarga boʻlgan bozor talabining ma’lum darajadagi ulushini qanoatlantiradi.
Toʻrtinchidan, firmalar oʻz mahsulotlariga narx belgilashda va sotish hajmini aniqlashda raqiblarining aks harakatlarini e’tiborga olmaydilar. Masalan, biror sotuvchi oʻz mahsuloti narxini 20 % ga tushursa uning mahsulot sotish hajmi oshadi va oshish alohida bir firma hisobidan emas, balki koʻp firma hisobidan sotiladi, lekin bu siyosatning boshqa bir raqib firmaning bozordagi ulushini keskin qisqartirib yuborishi ehtimoli nihoyatda kichikdir. Shuning uchun ham raqobatchi firmalar birinchi firmaning narx siyosatiga nisbatan biror chora koʻrmaydi va bu siyosat kuchli ta’sir qilmaydi.
Raqobatlashgan monopolistik bozoridagi talab chizigʻi elastikligi raqobatlashgan bozordagi talab chizigʻi elastikligidan pastroq, ammo sof monopoliyadagi talab chizigʻi elastikligidan yuqoriroq boʻladi. Raqobatlashgan monopolistik bozorda talab chizigʻining elastiklik darajasi raqobatchilar soniga va mahsulotning turlari soniga bogʻliq. Raqobatchilar va mahsulot turlari qancha koʻp boʻlsa, talab chizigʻining elastiklik darajasi shuncha yuqori boʻladi. Monopol raqobat bozorida ham mukammal raqobatlashgan bozor kabi firmalarning kirishi va chiqishi cheklanmagan. Monopol raqobat bozorida harakat qilayotgan firmalarning iqtisodiy foyda olishi, raqobatlashuvchi tovar markalari bilan boshqa firmalarni bozorga kirib kelishiga sabab boʻladi, natijada firmalarning iqtisodiy foydasi nolgacha pasayadi. Qisqa va uzoq muddatli oraliqlarda monopol raqobatlashgan firmada muvozanat narx va mahsulot hajmi qanday oʻrnatilishini koʻrib chiqamiz.
Quyidagi 11.1-rasmda raqobatlashgan monopol firmaning qisqa muddatli muvozanat holati tasvirlangan. Firma mahsuloti boshqa firmalar mahsulotidan farq qilgani uchun uning talab chizigʻi DR pastga yotiq yoʻnalgan. Bu yerda DR firma uchun talab chizigʻidir, bozor talab chizigʻi bundan farq qiladi.

11.1- rasm. Monopol raqobatlashgan bozorda

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin