Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Taklif chizigʻi yotiqligi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə128/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

12.2.Taklif chizigʻi yotiqligi.
Ish haqi oʻsishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti oʻrtasidagi nisbatga ta’siri. Odatda ish haqi oshganda, koʻpchilik koʻproq ishlab, koʻproq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari boʻsh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma’naviy oʻsishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining oʻsishi oʻz chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini koʻproq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar.
Ish vaqti ma’lum vaqtgacha oʻsgandan keyingi ish haqining oʻsishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda oʻrnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud boʻladi. Oʻrnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi koʻp daromad olganda, u koʻproq ne’matlarni sotib oladi, ushbu ne’matlardan biri, yaxshi dam olishdir.
Agar ishchi dam olishga koʻproq mablagʻ sarflasa, daromad samarasi (daromadning oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Daromad samarasi juda ham katta boʻlganda, ishchi ish vaqtini qisqartiradi va mehnat taklifi chizigʻi pastga yotiq boʻladi.
Ish haqining birinchi bosqichida dan ga oʻsishi, ish vaqtini dan soatga oshiradi. Bu erda oʻrnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori boʻladi. Ish haqining ikkinchi bosqichidagi dan ga oʻsishi, ish vaqtiga ta’sir qilmaydi, ishchi soat ishlaydi, oʻrnini bosish samarasi daromad samarasiga teng. Uchinchi bosqichdagi ish haqining dan ga oʻsishi, ish vaqtini dan ga qisqartiradi, oʻrnini bosish samarasi daromad samarasidan kam boʻladi.
Koʻrinib turibdiki, daromadning oʻsishi dam olishga boʻlgan talabni oshiradi. Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida oʻz ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi.
Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining oʻrtacha daromadi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining oʻrtacha daromadidan ancha yuqori boʻlgani uchun, ular koʻproq dam olishga harakat qiladi (Daromad samarasi, oʻrnini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past boʻlgani uchun, ish haqining oʻsishi, ishchilarni koʻproq vaqt ishlab, koʻproq daromad qilishga undaydi (oʻrnini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori boʻladi).

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin