0t2 lar boʻsh vaqt, t0N, t1N va t1N lar ish vaqti.
Agar biz byudjet chizigʻiga parallel boʻlgan va befarqlik chizigʻi bilan kesishadigan byudjet chizigʻini oʻtkazsak, daromad va oʻrnini bosish samarasini aniqlashimiz mumkin.
Oʻrnini bosish samarasi boʻsh vaqtni qisqarishi va ish vaqtining ortishi natijasida daromadning oʻsishi bilan ifodalanadi, ya’ni, ma’lum miqdordagi boʻsh vaqt ish vaqti bilan almashtiriladi. 7-rasmda bu dan ga siljishini ifodalaydi, ya’ni, ish vaqti dan gacha oshadi. Lekin, daromadning ortishi bilan birga dam olishning - shaxsning ma’naviy oʻsishi uchun kerak boʻladigan boʻsh vaqtning ham qimmati oshadi. Daromad samarasi (boʻsh vaqtning ortishi) teskari yoʻnalishda boʻlib, u oraliq bilan ifodalanadi . Natijaviy oʻzgarish oraliqqa teng.
Ish haqining bunday oʻsishida oʻrnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori boʻladi. Bundan shu kelib chiqadiki, birinchidan, ish haqining oʻsishi, ish vaqtini ortishiga olib keladi; ikkinchidan, individual shaxsning mehnat taklifi musbat yotiqlikka ega (8-rasm).
12.8-rasm. Ish haqining oʻsishi natijasida ish vaqtining oʻsishi.
Daromadning yanada oshib borishi barcha shaxslarni ham dam olish vaqtini qisqartirib, ish vaqtini oshirishga undayvermaydi. Dam olish vaqtining qisqarib borishi, uni shaxs uchun boʻlgan qimmatini oshiradi. Yuqorida eslatib oʻtganimizdek, sutkasiga 24 soat ishlash ma’noga ega emas. Boʻsh vaqtni qimmatini oshib borishi shunga olib keladiki, daromad samarasi, oʻrnini bosish samarasidan oshib ketadi (9-rasm). Natijada ish vaqti dan gacha qisqaradi.
12.9-rasm. Daromad samarasi oʻrnini bosish samarasidan ortiq boʻlgan hol, 0t0, 0t1, 0t2 lar boʻsh vaqt, t0N, t2N va t1N lar ish vaqti
S haxsning boʻsh vaqti esa dan ga oʻsadi. Boʻsh vaqt qimmatini ortishi, ish haqi oshganda individual shaxsning mehnat taklifi chizigʻi manfiy yotiqlikka ega boʻladi (10-rasm).
10-rasm. Ish haqi oshganda ish kunini qisqarish
Dostları ilə paylaş: |