Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə139/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Qiymatni diskontirlash. Bir yildan keyin beriladigan bir soʻmning bugungi qiymati qancha boʻladi? Bu savolga javob - foiz stavkasiga bogʻliqdir. Faraz qilaylik, foiz stavkasi boʻlsin. U holda biz bir soʻmni jamgʻaradigan boʻlsak, uning qiymati bir yildan keyin soʻmga teng boʻladi (agar foiz stavkasi boʻlsa, bugungi bir soʻm bir yildan keyin 1,5 soʻmga teng boʻladi). Demak, aytishimiz mumkinki, bir yildan keyin olinadigan bir soʻmning bugungi qiymati soʻmga teng, ya’ni u bir soʻmdan kichik boʻladi. Xuddi shunday ikki yildan keyin toʻlanadigan bir soʻmning bugungi qiymati ga teng boʻladi. Nima uchun deganda, bir soʻm foiz stavkasi boʻyicha investitsiyaga qoʻyilsa, ikki yildan keyin u soʻmga teng boʻladi.
Umumlashtirib aytadigan boʻlsak, joriy diskontirlashtirilgan qiymat (PresentDiscountValue), ya’ni boshlangʻich yilga keltirilgan qiymat - bu ma’lum muddat oʻtgandan keyin toʻlanadigan bir soʻmning bugungi qiymati (narxi).
Agar muddat bir yilga teng boʻlsa, ga teng.
3-jadval
1 soʻmning diskontirlangan (keltirilgan) qiymati.

Foiz

Yillar

stavkasi

1

5

10

20

0,01

0,990

0,951

0,905

0,820

0,05

0,952

0,784

0,614

0,377

0,10

0,909

0,621

0,386

0,149

0,15

0,870

0,497

0,247

0,061

0,20

0,833

0,402

0,162

0,026

Agar muddat yilga teng boʻlsa, ga teng boʻladi.


Quyidagi jadvalda (3-jadval) bir soʻmning har xil foiz stavkalaridagi keltirilgan qiymatlari koʻrsatilgan.
Jadvaldan koʻrish mumkinki, foiz stavkasi qancha yuqori boʻlsa, bir soʻmning joriy diskontirlangan (boshlangʻich yilga keltirilgan) qiymati shuncha kichik boʻladi. Masalan, foiz stavkasi 5% boʻlganda, 10 yildan keyin oladigan soʻmning bugungi qiymati 61,4 tsentga teng boʻladi, 10 foizlik stavkada esa ushbu koʻrsatkich 38,6 tsentga va 20% boʻlganda 16,2 tsentga teng boʻladi.
Vaqt boʻyicha diskontirlangan (boshlangʻich vaqtga keltirilgan) daromadni qaraymiz. Faraz qilaylik, bizda ikki xil daromad bor. Birinchisini "A" deb belgilasak, ikkinchi daromadni "V" deylik. "A" daromad 400 soʻmga teng boʻlib, uning 200 soʻmi hozir toʻlanadi, qolgan 200 soʻmi bir yildan keyin toʻlanadi. "V" daromad 440 soʻm boʻlib, uning 40 soʻmi bugun toʻlanadi, 200 soʻmi bir yildan keyin, qolgan 200 soʻmi ikki yildan keyin toʻlanadi. Ushbu ikki variantdan qaysi biri foydaliroq hisoblanadi? Javob: foiz stavkasiga bogʻliq. Ushbu daromadlarni boshlangʻich vaqtga keltirilgan qiymatini hisoblaymiz.


4-jadval
Diskontirlangan daromadlar turi.

Daromadlar

Yillar boʻyicha keltirilgan daromad

turi

joriy yil

1-yil

2-yil

A

200

200

0

V

40

200

200

Quyidagi jadvalda daromadlarning ikkala turi boʻyicha foizlar stavkasi 5, 10, 15, 20% boʻlgandagi keltirilgan qiymatlari koʻrsatilgan.


5-jadval

Daromad

Foiz stavkalarida diskontirlangan daromad, (soʻmda)

turi









A

390,5

381,8

373,9

366,7

V

411,9

387,1

365,1

345,6

Jadvaldagi ma’lumotlardan koʻrish mumkinki, daromadlarni tanlash foiz stavkalariga bogʻliq. Agar foiz stavkasi 10% ga teng va undan kichik boʻlganda, shaxs "A" daromad turiga qaraganda "V" daromad turini tanlashi yaxshiroq boʻlardi. Foiz stavkasi 15% va undan yuqori boʻlganda, "A" daromad turi "V" daromad turiga nisbatan yaxshiroq boʻlar edi.


Bu erda asosiy sabab, "A" daromad qiymati "V" daromadga qaraganda kam boʻlsa ham, u tezroq toʻlanadi.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin