Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə147/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

13.2. Salbiy tashqi ta’sirlar
Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sogʻligʻi uchun zarar qilishi sabab, bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir koʻrsatadi?

Alyuminiy bahosi

Rasm

Alyuminiy miqdori

Muvozanat

Taklif
(xususiy xarajat)

BOZOR

Talab
(xususiy qiymat)

Alyuminiy bozori

Talab chizig’i xaridorlar uchun qiymat va taklif chizig’i sotuvchilar uchun xarajatni aks ettiradi. Muvozanat miqdor, ya’ni QBOZOR, xaridorlar uchun to’liq qiymat ayrilgan sotuvchilar to’liq xarajatini oshiradi. Tashqi ta’sirlar bo’lmaganda, shuning uchun, bozor muvozanati samaralidir.



Tashqi ta’sir tufayli, alyuminiy ishlab chiqarishning jamiyat uchun xarajati alyuminiy ishlab chiqaruvchilar xarajatidan katta boʻladi. Ishlab chiqarilgan har bir alyuminiy birligi uchun ijtimoiy xarajat alyuminiy ishlab chiqaruvchilari xususiy xarajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar koʻrgan kishilar xarajatini ham oʻz ichiga oladi. 2-rasm alyuminiy ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatini koʻrsatadi. Ijtimoiy xarajat chizigʻi taklif chizigʻidan yuqori, chunki u alyuminiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi xarajatlarni ham hisobga oladi. Ushbu ikki chiziq oʻrtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish xarajatini aks ettiradi.
Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob berish uchun biz yana bir marotaba koʻngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner) nima qilishini koʻrib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab chiqarish xarajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi alyuminiy ishlab chiqarish xarajati ifloslanish tashqi xarajatlarini ham oʻz ichiga olishini tushunadi.
Reja tuzuvchi talab chizigʻi bilan ijtimoiy xarajat chizigʻi kesishgan darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizigʻi balandligi bilan oʻlchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy xarajatidan (ijtimoiy xarajat chizigʻi balandligi bilan oʻlchangan holda) oshib ketadi. Reja tuzuvchi bu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qoʻshimcha alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy xarajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib yuboradi.
E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori – Qbozor ijtimoiy maqbul miqdor – Qmaqbul dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy xarajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib chiqadi. Bozor muvozanatida chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy xarajatidan past narx beradi. Bu esa, ya’ni Qbozor da, talab chizigʻi ijtimoiy xarajat chizigʻidan past boʻladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.
Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir yoʻli sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi boʻladi. Soliq oʻzining miqdorida alyuminiy taklif chizigʻini yuqoriga koʻtaradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi xarajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif chizigʻi ijtimoiy xarajat chizigʻi bilan bir toʻgʻri chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.

Muvozanat

Maqbul holat

Tashqi xarajat

Taklif
(xususiy xarajat)

Talab
(xususiy qiymat)


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin