Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə149/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Rasm

Ta’lim bahosi

Maqbul holat

Muvozanat

Tashqi foyda

BOZOR

MAQBUL

Talab
(xususiy qiymat)

Ijtimoiy qiymat (xususiy qiymat va tashqi foyda)

Taklif
(xususiy xarajat)

Ta’lim va ijtimoiy maqbul holat
Ijobiy tashqi ta’sir bo’lganda, tovarlar ijtimoiy qiymati xususiy qiymatdan oshib ketadi. Shuning uchun, optimal miqdor QMAQBUL, muvozanat miqdor QBOZOR dan yuqori.

Ta’lim qiymati

Texnologik yoyilishlar, sanoat siyosati va patent himoyasi
Ijobiy tashqi ta’sirning imkoniyatli muhim bir turi – bu texnologik yoyilish, ya’ni bir firmaning tadqiqot va ishlab chiqarish harakatlarining boshqa firma texnologik yangiliklariga ega boʻlishiga ta’siri. Masalan, sanoat robotlari bozorini olaylik. Robotlar tez oʻzgarib borayotgan texnologiyalarning boshida turadi. Firma robot yaratganda uning yangi va yaxshiroq dizayn kashf qilishiga imkoniyat mavjud. Bu yangi dizayn faqatgina bu firmani emas balki butun jamiyatga foyda olib kelishi mumkin, chunki bu dizayn jamiyatning texnologik bilimlari qatoriga qoʻshiladi. Bu esa yangi dizaynning iqtisodiyotdagi boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ijobiy tashqi ta’sirga ega boʻlishini anglatadi.
Bu holatda, hukumat robotlar ishlab chiqarilishiga subsidiya kiritib bu tashqi ta’sirni oʻzlashtirishi mumkin. Agar hukumat firmalarga har bir ishlab chiqarilgan robot uchun subsidiya toʻlasa, taklif chizigʻi ushbu subsidiya miqdorida pastga tushadi va bu oʻzgarish robotlarning muvozanat miqdorini oshiradi. Bozor muvozanati ijtimoiy maqbul darajaga tenglashishiga ishonch hosil qilish uchun subsidiya texnologik yoyilish qiymatiga teng boʻlishi kerak.
Texnologik yoyilishlar qanchalik katta va ular ijtimoiy siyosat uchun nimani bildiradi? Bu muhim savol, chunki texnologik rivojlanish nega hayot darajasi davriy ravishda oʻsishiga sababdir. Ammo bu qiyin savol ham hisoblanadi va buning ustida iqtisodchilar koʻpincha kelishishmaydi.
Ba’zi iqtisodchilar texnologik yoyilishlar tarqaluvchi va shuning uchun hukumat eng koʻp yoyilish qiluvchi sanoatlarni qoʻllab-quvvatlashi kerak deb ishontirishadi. Masalan, ushbu iqtisodchilar agar kartoshka chipslaridan koʻra kompyuter chiplarini yaratishni koʻproq yoyilishga ega boʻlsa, unda hukumat kartoshka chipslari ishlab chiqarishdan koʻra kompyuter chiplarini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashi kerak. Bunday ishni AQSh soliq kodeksi tadqiqot va rivojlanish sarfiga maxsus soliq imtiyozlari taklif qilish orqali cheklangan miqdorda bajaradi. Ba’zi boshqa davlatlat koʻp texnologik yoyilishlar taklif qiluvchi maxsus sanoatlarga subsidiya kiritish bilan chuqurroq e’tibor qaratadi. Texnologik sanoatni rivojlantirishga qaratilgan hukumatning iqtisodiyotga aralashuvi ba’zida sanoat siyosati deb yuritiladi.
Boshqa iqtisodchilar sanoat siyosati toʻgʻrisida salbiy fikrda. Garchi texnologik yoyilish umumiy boʻlsa-da, sanoat siyosatining muvaffaqiyati hukumat turli bozorlarda yoyilish hajmini oʻlchashga qodir boʻlishini talab etadi. Bu oʻlchov muammosi eng qiyinidir. Bundan tashqari, aniq oʻlchovlarsiz, siyosiy tizim eng katta ijobiy tashqi ta’sirlardan koʻra katta siyosiy ta'sirga ega boʻlgan sanoatlarni subsidiya qilishi mumkin.
Texnologik yoyilishlar bilan shugʻullanishning yana bir usuli patent himoyasi hisoblanadi. Patent qonunlari ma’lum vaqt uchun oʻzlarining ixtirolaridan mutlaq foydalanishini ta’minlab ixtirochilar huquqlarini himoya qiladi. Firma texnologik yangilik qiladigan boʻlsa, u gʻoyani patentlab, oʻzi uchun koʻp iqtisodiy foyda olishi mumkin. Patent huquqi firmaga ixtirosi ustidan mulk huquqini berib tashqi ta’sir oʻzlashtiriladi. Boshqa firmalar yangi texnologiyalar foydalanish istagida boʻlsa, ular ixtiro firmasidan ruxsat olishi kerak va unga royalti toʻlaydi. Shunday qilib, patent
tizimi firmalarni texnologiyani rivojlantiradigan tadqiqot va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishiga katta turtki beradi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin