Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə146/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Nazorat savollari



  1. Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya

  2. Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi

  3. Iqtisodiy renta

  4. Nominal va real daromadlar

  5. Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi

  6. Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati

  7. Djin koeffitsiyenti

  8. Qiymatni diskontirlashning mohiyati va ahamiyati nimada?

  9. Loyihalarni baholashda inflyatsiyaning ta’siri qanday hisobga olinadi?

  10. Er bozorining oʻziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  11. Erning narxi qanday hisoblanadi?

  12. Er rentasiga izoh bering.



13-MAVZU. TASHQI TA`SIRLAR VA UNGA OID DAVLAT SIYOSATI


REJA:
13.1. Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi
13.2. Salbiy tashqi ta’sirlar
13.3.Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati
Tayanch iboralar: Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi, Ijobiy tashqi ta’sirlar,Salbiy tashqi ta’sirlar, Ifloslanish iqtisodiy tahliliga e'tirozlar, Kouz teoremasi, operatsion xarajarlar
13.1. Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi, Buyruq va nazorat siyosati: tartibga solish, soliq va subsidiyalar,
Ushbu boʻlimda biz tashqi ta’sirlar iqtisodiy farovonlikka qanday ta’sir koʻrsatishini oʻrganish uchun 7-bobdagi farovonlik iqtisodiyoti usullaridan foydalanamiz. Bu tahlil nima uchun tashqi ta’sirlar bozorlarni resurslarni samarasiz taqsimlashiga olib kelishini aniq koʻrsatadi. Bobning oxirida, biz bu turdagi bozor muvaffaqiyatsizliklarini shaxslar va jamiyat siyosatchilari bartaraf qiladigan turli yoʻllarni koʻrib chiqamiz.
Farovonlik iqtisodiyoti: Eslatma
Biz 7-bobdan farovonlik iqtisodiyoti asosiy darslarini eslashdan boshlaymiz. Tahlilimizni aniq qilish uchun biz ma’lum bozor – alyuminiy bozorini koʻrib chiqamiz. 1-rasm alyuminiy bozori talab va taklif chizigʻini koʻrsatadi.
Agar 7-bobdan eslasangiz, talab va taklif chizigʻi xarajatlar va daromadlar haqida muhim ma'lumotlarni oʻz ichiga oladi. Alyuminiy uchun talab chizigʻi iste'molchilar toʻlashga tayyor narxlarda oʻlchanadigan alyuminiy miqdorini aks ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, talab chizigʻi balandligi chekli xaridor toʻlashga tayyor boʻlgan narxni koʻrsatadi. Boshqa soʻz bilan aytganda, u iste'molchiga oxirgi sotib olingan alyuminiy birligining narxini koʻrsatadi. Xuddi shunday, taklif chizigʻi alyuminiy ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, taklif chizigʻi balandligi chekli sotuvchi xarajatlarni koʻrsatadi. Boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqaruvchi uchun oxirgi sotilgan alyuminiy birligining xarajatlarini koʻrsatadi.
Hukumat aralashuvi boʻlmasa, narx alyuminiy uchun taklif va talab muvozanatini toʻgʻirlaydi. Ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan alyuminiyning bozordagi miqdori 1-rasmdagi Qbozor sifatida koʻrsatilgan bozor muvozanatida u ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning umumiy ortiqchaligini maksimallashtirishi ma’nosida samaralidir. Bu shuni anglatadiki, bozor resurslarni shunday taqsimlaydiki, alyuminiyning iste'molchilar ushun umumiy qiymatidan ishlab chiqaruvchilar sotadigan alyuminiyning umumiy xarajatlari ayrilgani (qiymat – xarajat) maksimal darajaga yetadi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin