tuzatuvchi
soliq ifloslantirish narxini belgilaydi
Ifloslanish miqdori
…talab egri chizig’i bilan ifloslantirish miqdorini birgalikda belgilaydi
…talab egri chizig’i bilan ifloslantirish narxini birgalikda belgilaydi
Ifloslantirishga ruxsat ifloslantirish miqdorini belgilaydi
Tuzatuvchi soliq va ifloslantirish ruxsatlarining ekvivalentligi.
Cxizmada EPA tuzatuvchi soliq joriy qilib ifloslanish narxini belgilaydi va talab chizig’i ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) cxizmada EPA ifloslantirish ruxsatlari sonini cheklash orqali ifloslanish miqdorini cheklaydi, va talab chizig’i ifloslanish narxini belgilaydi. Ikkala holatda ifloslanish narxi va miqdori bir xil.
Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq undirishdan koʻra yaxshiroq boʻlishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna dan kam chiqindi tashlanishini istaydi. Lekin EPK ifloslanish talab chizigʻini bilmasligi tufayli, bu maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim oshdi savdosiga qoʻyishi mumkin. Kim oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi.
Hukumatning ifloslantirish huquqini kim oshdi savdosiga qoʻyish gʻoyasi avvaliga biror iqtisodchi tasavvurining mahsulidek tuyulishi mumkin. Aslida ham gʻoya shunday boshlangan. Lekin borgan sari, EPA ifloslanishni nazorat qilish yoʻli sifatida bu tizimdan foydalanib kelgan. Taniqli muvaffaqiyat yakunlangan hikoya kislota yomgʻiriga sabab boʻluvchi oltingugurt dioksidi (SO2) masalasi edi. 1990-yilda, Toza havo akti (Clean Air Act) oʻzgartirishlar kiritilishi elektr zavodlaridan katta miqdorda SO2 chiqindilarini kamaytirishni talab qildi. Shu bilan birga, oʻzgartirishlar zavodlarning SO2 ruxsatnomalarini savdo qilishiga ruxsat berish tizimini oʻrnatdi. Dastlab sanoat vakillari va ekologlar taklifni salbiy qabul qilgan boʻlsa-da, vaqt oʻtishi bilan bu tizim eng kam uzilish bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkinligi isbotlandi. Ifloslantirishga ruxsatnomalar, tuzatuvchi soliqlar kabi, hozir muhitni toza saqlab qolish uchun iqtisodiy samarali yoʻl sifatida qaraladi.