Qashshoqlikka qarshi kurashish. Koʻpginadavlat dasturlari nochorlarga yordam berishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoy himoya qilish tizimi (rasman yordamga muhtoj oilalarga vaqtincha koʻmak deb nomalanadi) ayrim nochor oilalarga katta boʻlmagan daromadni ta’minlab beradi. Undan tashqari oziq-ovqat talonlari dasturi kam daromadli kishilarga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni subsidiyalaydi, shuningdek turli xil uy joy bilan ta’minlash davlat dasturlari ularni yashash joylari bilan ta’minlab beradi. Qashshoqlikka qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan ushubu dasturlar moliyalviy jihatdan barqaror boʻlgan oilalar tomonidan toʻlanadigan soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Iqtisodchilar qashshoqlikka qarshi kurashishda davlatning tutgan roli borasida oʻzaro hamfikr emaslar. Biz mazkur masalani 20-bobda atroflicha oʻrganib chiqishimizga qaramasdan hozir muhim bir jihatga e’tibor qaratamiz: qashshoqlikka qarshi kurashish tarafdorlari, ushbu kurashishni ommaviy mahsulot hisoblashadi. Hatto, barcha qashshoqlik mavjud boʻlmagan jamiyatda yashashni hohlasada, qashshoqlikka qarshi kurashish umuman olganda “yaxshi” tadbir emas, sababi bu masalalar shaxsiy tartibda amalga oshirilishi zarur.
Qashshoqlikni bartaraf etish maqsadida, aytaylik, kimdur boy kishilar jamiyatini tashkil etdi. Ular ommaviy mahsulotlar taqdim etishadi. Bu iste’molda cheklangan mahsulot boʻlmaydi: biror kishini qashshoqlik mavjud boʻlmagan jamiyatda yashashi boshqa bir kishini ana shu jamiyatda yashashiga toʻsqinlik qilmaydi. Bu iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ham ega boʻlmaydi: qashshoqlik bartaraf etilgandan soʻng kimdur, xech kim bundan mahrum etilmaydi.
Natijada, “tekinxoʻrlar” qashshoqlikka qarshi kurashishda ishtirok etmasdan turib qashshoqlik mavjud boʻlmagan sharoitda yashash imkoniyatiga ega boʻlishadi.
“Tekinxoʻrlar” muammosi tufayli qashshoqlikni xususiy homiylik yordamlari hisobidan bartaraf etish, turgan gapki, mumkin emas. Shu bilan birga, davlatni aralashuvi ushbu masalani hal etishi mumkin. Nochorlarni hayot tarzini koʻtarishni koʻzlab boylarni soliqqa tortish hammasini yaxshilashi mumkin. Nochorlar baxtli – sababi ular yaxshi hayot tarziga ega boʻlishayapti, boylar baxtli – sababi ular qashshoqlar nisbatan kam boʻlgan jamiyatda yashashni yaxshi koʻrishadi.