Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi? Kouz teoremasining mantiqiga qaramay, xususiy shaxslar koʻpincha tashqi ta’sir muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Kouz teoremasi faqat manfaatdor tomonlar bitim tuzishi va amalga oshirishida hech qanday muammo boʻlmaganda amal qiladi. Biroq real dunyoda, oʻzaro manfaatli shartnoma tuzish mumkin boʻlsa ham, savdolashish har doim ham ishlayvermaydi.
Ba'zan manfaatdor tomonlar operatsion xarajatlar, ya’ni savdolashish jarayonida tomonlar rozi boʻladigan xarajatlar, tufayli tashqi ta’sir muammosini hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bizning misolda, tasavvur qiling, Dik va Jeyn turli tillarda gapirishadi, shuning uchun, shartnomaga erishish uchun ular tarjimon yollashi kerak. Agar huruvchi it muammosini hal qilish foydasi tarjimon xarajatidan kam boʻlsa, Dik va Jeyn masalasini yechilmagan holatda tashlab qoʻyishi mumkin. Yanada real misollarda, operatsion xarajatlari tarjimon xarajati emas, balki shartnomalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan huquqshunos xarajatlari boʻladi.
Boshqa vaqtlarda, savdolashish shunchaki buziladi. Urushlar va mehnat toʻqnashuvlari sodir boʻlishi kelishuvning qanchalik qiyin boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi va kelishuvga erishish juda qimmatga tushishi mumkin. Muammo shundaki, har bir tomon odatda oʻzi uchun yaxshiroq shartnoma uchun harakat qiladi. Misol uchun, Dik itdan 500 soʻmlik foyda oladi va Jeyn it hurishidan 800 soʻmlik xarajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Jeynning itdan qutilish uchun Dikga toʻlashi samarali boʻlsa-da, bu natijaga olib kelishi mumkin boʻlgan koʻplab narxlar bor. Dik 750 soʻm talab qilishi mumkin, va Jeyn faqat 550 soʻm taklif qilishi mumkin. Ular narxi ustida savdolashaversa, huradigan it bilan samarasiz natija davom etaveradi.
Manfaatdor tomonlar soni koʻp boʻlganda samarali savdolashishga erishish, ayniqsa, qiyin, chunki hammani muvofiqlashtirish qimmatga tushadi. Misol uchun, yaqin koʻl suvini
ifloslantiradigan bir zavodni olaylik. Ifloslanish mahalliy baliqchilarga salbiy tashqi ta'sir koʻrsatmoqda. Kouz teoremasiga koʻra, ifloslanish samarasiz boʻlsa, unda baliqchilar ifloslantirmaslik uhchun zavodga haq toʻlashi orqali zavod va baliqchilar savdolashishga erishishi mumkin. Biroq, agarda baliqchilar koʻp boʻlsa, zavod bilan savdolashishga ularning barchasini muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz boʻlishi mumkin.
Xususiy savdolashish ishlamaganda, ba'zan hukumat rol oʻynashi mumkin. Hukumat ommaviy harakatlar uchun moʻljallangan muassasa hisoblanadi. Bu misolda, baliqchilar oʻzlari uchun harakat qilishi ilojsiz boʻlsa ham, davlat baliqchilar nomidan harakat qilishi mumkin.