14.2.Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlarni boshqa mahsulotlardan farqini yaxshiroq tushunish va ular tufayli jamiyatga kelib chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni koʻrib chiqish uchun keling bir misolni koʻramiz: mushakbozlik. Bu mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, sababi mushakbozlik boʻlgan holatda biror kishini uni tomosha qilishdan qaytarish mumkin emas. Shuningdek, bu cheklanganlik xususiyatiga ham ega mahsulot emas, sababi biror kishini mushakbozlikdan zavq olishi boshqa bir kishini undan olishi mumkin boʻlgan zavq darajasini kamaytirmaydi.
“Tekinxoʻrlar” (ommaviy mahsulotlardan foydalanib, ularga haq toʻlamaydigan kishilar) muammosi AQShning Smolltaun shaharchasi fuqarolari, iyulning toʻrtinchi kunida mushabozlik oʻtkazilishini yoqtirishadi. Mushakbozlik shaharchaning har 500 aholisiga 10 soʻmdan toʻgʻri keladi va shahar byudjetiga yakunda jami 5000 soʻm daromad keltiradi. Mushakbozlikni tashkil etish xarajatlari jami 1000 soʻmga toʻgʻri keladi. Ushbu faoliyatdan olinayotgan daromad (5000 soʻm) unga ketgan xarajatdan (1000 soʻm) koʻproq ekanligi inobatga olinsa, toʻrtinchi iyulda mushakbozlikni oʻtkazish Smolltaun shaharchasi uchun daromadli faoliyatdir.
Xoʻsh, xususiy sektor mazkur faoliyatni samarali yoʻlga qoʻya oladimi? Yoʻq. Aytaylik, shaharchada yashovchi tadbirkor Ellen Smolltaun shaharchasi uchun mushakbozlik oʻtkazishni tashkil etishga bel bogʻladi.
Ellenda, shubhasiz, chiptalarni sotish bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi, sababi uning salohiyatli mijozlari bilishadiki, mushakbozlikni chipta sotib olmasdan ham koʻrish mumkin. Sababi, mushakbozlik iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega boʻlmagan mahsulotdir, chunki kishilarda chiptasiz ham mushakbozlikni tomosha qilishga ragʻbat bor. “Tekinxoʻrlar” bu shunday kishiki – yaxshi narsadan foyda oladi, ammo unga haq toʻlamaydi. Kishilar bunda ragʻbatga ega boʻlishadi, turgan gapki, agar chipta sotib oluvchilar mavjud boʻlmasa bozor samarali natijaga ega boʻlmaydi.
Bozorda mazkur muvaffiqqiyatsizlikni koʻrib chiqish yoʻllaridan biri bu mazkur holatga sabab boʻlayotgan tashqi ta’sirlarni koʻrib chiqish.
Agarda, Ellen mushakbozlik marosimini shahar markazidagi displeyda namoyish etsa, bu narsa “tekinxoʻr” tomoshabinlar uchun samara keltiradi, ammo Ellenga emas. Marosimni ekranda namoyish qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish bilan Ellen tashqi ta’sirlarni e’tibordan chetda qoldiradi. Mushakbozlik aholi tomonidan katta qiziqishga sabab boʻlgani bilan, yakunda u daromadli faoliyat boʻlmay qoladi. Natijada, marosimni displeyda namoyish etmasdan Ellen oʻzi uchun ratsional qaror qabul qiladi, biroq aholini mushakbozlik zavqidan mahrum etadi.
Xususiy bozor Smolltaun shaharchasi aholisi hohishiga koʻra mushakbozlik tashkil etishga tayyor emasligiga qaramay
ushbu holatni echimi juda oddiy: toʻrtinchi iyul tadbirlarini mahalliy hukumat moliyalashtirishi zarur. Shahar hokimiyati aholidan olinadigan soliqni 2 soʻmga oshirib, kelib tushgan mablagʻlar hisobiga Ellenni mushakbozlik oʻtkazish uchun yollashi mumkin. Shaharchada 8 soʻm barcha uchun yaxshi echim, 10 soʻmdan esa, 2 soʻm soliq toʻlovini ayirib tashlagan holda, daromad hosil boʻlmoqda. Shunday qilib, Ellen Smolltaunga tadbirkor sifatida yordam bera olmagan boʻlsada, unga jamiyat a’zosi sifatida yordam berishi mumkin.
Smolltaun hikoyasi sodda boʻlsada real hayotni aks ettiruvchi oʻziga xos voqe’likdir. Aslida AQShdagi koʻpgina mahalliy hukumatlar toʻrtinchi iyul mushakbozliklari uchun pul toʻlashadi. Undan tashqari mazkur hikoya ommaviy mahsulotlarning umumiy xususiyatini ochib beradi: ommaviy mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, “tekinxoʻrlar” muammosi esa ommaviy mahsulotlarni xususiy sektor tomonidan taqdim etilishiga toʻsqinlik qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan daromad ularga sarflanayotgan xarajatlarni qoplashi mumkin boʻlgan darajada hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy xarajatlarni qoplashi, barcha masalalarni ijobiy hal etishi mumkin.