Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Iqtisodiy renta (absolyut renta)



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə144/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Iqtisodiy renta (absolyut renta) - bu cheklangan resurs uchun toʻlanadigan toʻlov.
Er rentasi - cheklangan er resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan) foydalanganlik uchun toʻlov.
Iqtisodiy renta er rentasiga koʻra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida koʻrgan edik.
Absolyut renta - bu barcha er egalari tomonidan erning sifatiga bogʻliq boʻlmagan holda oladigan rentadir (absolyut renta K.Marks tomonidan kiritilgan).
Er rentasini tahlil qilish uchun quyidagi shartlar bajarilgan deb faraz qilinadi:

  1. ishlab chiqarilgan barcha mahsulot bozor uchun ishlab chiqariladi;

  2. barcha erlar mukammallashgan bozor sharoitida ijaraga beriladi;

  3. barcha erlardan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi;

  4. barcha erlarning unumdorligi bir xil.

Er taklifi absolyut elastik boʻlmagani uchun, er taklif chizigʻi vertikal koʻrinishda boʻladi (3-rasm).

3-rasm. Er bozorida muvozanat holat


Erga boʻlgan talab chizigʻi (er unumdorligining pasayish qonuniga koʻra) manfiy yotiqlikka ega.
Er taklifi chizigʻi ni talab chizigʻi bilan kesishgan nuqtasi er bozoridagi muvozanat holatini bildiradi. muvozanat renta boʻlib, u har oyda ijarachi tomonidan er egasiga toʻlanadi. toʻrtburchak yuzi barcha erdan foydalanish uchun toʻlanadigan umumiy renta. Agar asosiy mahsulot bugʻdoy boʻladigan boʻlsa, bugʻdoyga boʻlgan talabning ortishi, erga boʻlgan talabning ortishiga olib keladi , natijada bir gektar erga toʻlanadigan renta dan ga koʻtariladi. Ushbu holat umumiy (absolyut) renta toʻrtburchak yuziga teng boʻladi. Agar bugʻdoyga boʻlgan talab kamaysa, har oyda toʻlanadigan renta ham kamayadi va umumiy renta qiymati toʻrtburchak yuzigacha kamayadi.
Koʻrinib turibdiki, taklif absolyut elastik boʻlmaganda er rentasi asosan unga boʻlgan talabga bogʻliq.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin