Taklif egri chizigʻini oʻzgartiradi
Taklif egri chizigʻini oʻzgartiradi
Taklif egri chizigʻini oʻzgartiradi
Taklif egri chizigʻini oʻzgartiradi
Yana bir bor, taklif egri chizigʻini oʻzgartirish yoki koʻchirishni xohlasangiz, yodda tuting, ikkala oʻqda ham nomi keltirilmagan aloqador omillar oʻzgargandagina egri chiziq oʻzgaradi. Narx vertikal oʻqda bolganligi tufayli, narxdagi oʻzgarishlar taklif egri chizigʻi boʻylab harakatni ifodalaydi. Qiyoslaganda, tannarx, texnologiya kelajakka ishonch, hamda sotuvchilar soni ikkala oʻq bilan ham oʻlchanmaganligi sababli, bulardan biridagi oʻzgarish taklif chizigʻining oʻzgarishiga olib keladi.
2.4.Talab va taklif birgalikda Talab va taklif alohida tahlil qilingach, biz endi ularni bozorda sotiladigan tovar narxi va miqdoriga ta’sirini aniqlash maqsadida birgalikda koʻramiz.
Muvozanat 8-rasmda bozor taklifi egri chizigi va bozor talabi egri chiziqlari birgalikda tasvirlangan. Talab va taklif egri chiziqlari bir nuqtada kesishganiga e’tibor berish lozim. Bu nuqta bozor muvozanati deb ataladi. Bu kesishish nuqtasidagi narx muvozanatli narx, miqdor esa muvozanatli miqdor deyiladi. Bu yerda muvozanatli narx $2 va muvozanatli miqdor 7 ta muzqaymoq.
Muvozanat nuqta talab va taklif egri chiziqlari kesishadigan nuqta hisoblanadi. Muvozanat narxda talab miqdori va taklif miqdori tenglashadi. Bu yerda muvozanat narx $2: bu narxda 7 dona muzqaymoq taklif qilinadi va 7 dona muzqaymoqqa talab mavjud.