Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə169/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Nazorat savollari
1. Eksklyuzivlik yoki iste’moldan mahrum qilish xususiyati deganda nima tushunasiz? Iste’molda cheklanganlik xususiyati deganda nimani tushunasiz? Pitsa boʻlagi eksklyuzivlik xususiyatiga egami? Bu iste’molda cheklanganlik xususiyatiga egami?
2. Ommaviy mahsulotga ta’rif bering va unga misol keltiring. Xususiy bozor ommaviy mahsulot bilan oʻz holicha yaxshi ta’minlab bera oladimi? Tushuntiring.
3. Xarajatar va daromadlar tahlili nima? Nega bu muhim? Nega bu qiyin?
4. Umumiy resurslarga ta’rif bering va misol keltiring. Davlatni aralashuvisiz kishilar bu mahsulotlardan qanday tartibda foydalanishadi? Nega?


Glossariy
Almashtirish samarasi – ish haqini ortishi natijasida boʻsh vaqtning qisqarishi.
Agregatlash – Iqtisodiy bogʻliqliklar va qonuniyatlarni butun iqtisodiyot darajasida oʻrganish, ularni umumlashtirib oʻrganish.
Alternativ xarajatlar (opportunity cost) – tanlashda voz kechilgan eng yaxshi alternativ variantdan olinadigan natija (qiymat, foyda, naflik). Alternativ qiymatni foydalanilmagan imkoniyat deb ham qarashadi: biror ne’mat qiymatini voz kechilgan boshqa bir nechta ne’mat qiymati bilan ifodalanishi.
Amortizatsiya (depreciation) – bosqichma-bosqich asosiy kapital qiymatining ma’lum bir qismini ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga oʻtkazish yoʻli bilan uni qoplash.
Asimmetrik axborotbu shunday holatki, bunda bozorda boʻladigan savdo-sotiqda bozor qatnashchilaridan bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismga ega emas.
Auksion – tovarni oldi-sotdisini tashkil qilish usullaridan biri boʻlib unda transaksiya xarajatlari real vaqt rejimida oʻtadi.
Revalvatsiya – qayd qilingan valyuta kursi tizimi amal qilayotgan sharoitda hukumat tomonidan milliy valyutaning boshqa valyutalarga nisbatan kursini oshirishga qaratilgan tadbiri. Importni arzonlashtiradi va eksportni qimmatlashtiradi.
Bertran muvozanati (Bertrand equilibrium) – bozor duopolik boʻlganda firmalar tovar narxini tushirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali bir-biri bilan raqobatlashadi. Tovar narxi chekli xarajatga teng boʻlganda muvozanat holat barqarorlashadi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin