Bozor muvozanatining oʻzgarishi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Davlat tomonidan maksimal narxning oʻrnatilishi.
Norasmiy bozor va uning vujudga kelishi.
Tovarning norasmiy bozordagi narxi.
Bozorda tovar ortiqchaligi va norasmiy bozor.
Iste’molchi yutugʻi va ishlab chiqaruvchi yutugʻi.
Tovar tanqisligi sohasi.
Ortiqcha mahsulotni ifodalovchi soha.
4-MAVZU: TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIKLIGI4 Reja: 4.1. Talab elastikligi 4.2.Taklif elastikligi 4.3. Talab, taklif va elastiklikning uch koʻrinishi Tayanch iboralar: Elastiklik, Talab elastikligi, Yaqin oʻrin bosuvchi tovarlar, Talabning narx elastikligini hisoblash, Talab egri chiziqlarining oʻzgarishi, Umumiy daromad va talabning narx elastikligi.
4.1. Talab elastikligi Biz 3-boʻlimda talab tushunchasini koʻrib chiqqanimizda xaridorlar odatda tovar narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, oʻrin bosuvchi tovarlar narxi balandroq, bir-birining oʻrnini toʻldiruvchi tovarlarning narxi pastroq boʻlganda koʻproq tovar xarid qilishadi. Bizning tovarlarga boʻlgan talabimiz narxga bogʻliq yoki boʻlmasligi mumkin. Biz oʻzgarish oʻlchamiga bogʻliq boʻlmagan talab qilingan miqdor koʻchish yoʻnalishlarini muhokama qilamiz. Bu oʻzgaruvchan miqdorlardagi oʻzgarishlarga qancha iste’molchilar javob berishini oʻlchash uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanishadi.
Talabning narx elastikligi va uning omillari Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib kelishini ifodalaydi. Talabning narx elastikligi – talab qilinadigan miqdor qancha boʻlganda narx oʻzgarishiga javob berishini oʻlchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik deyiladi.
Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini oʻlchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal koʻradigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni koʻrib chiqamiz.