Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə20/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Nazorat savollari

  1. Raqobatli bozor nima? Mukammal raqobatli bozor turlarini qisqacha tasvirlang.

  2. Talab jadvali va talab egri chizigʻi nima va ular qanday bogʻliq? Nima sababdan talab egri chizigʻi pastlashadi?

  3. Iste’molchi ta’bining oʻzgarishi talab egri chizigʻining harakatiga qanday ta’sir koʻrsatadi? Narxning oʻzgarishi talab egri chizigʻiga qanday ta’sir koʻrsatadi?

  4. Popeyening daromadi kamaydi va natijada u koʻproq ismaloq sotib ola boshladi. Ismaloq past tovarmi yoki normal tovarmi? Popeyening ismaloq uchun talab egri chizigʻi qanday boʻladi?

  5. Taklif jadvali va taklif egri chizigʻi nima va ular qanday bogʻliq? Nima sababdan talab egri chizigʻi oʻsadi?

  6. Ishlab chiqarish texnologiyasining oʻzgarishi taklif egri chizigʻining oʻzgarishiga sabab boʻladimi? Narxning oʻzgarishi taklif egri chizigʻining oʻzgarishiga sabab boʻladimi?

  7. Bozor muvozanatiga ta’rif bering. Bozor muvozanatiga ta’sir etuvchi omillarni tasvirlang.

  8. Pivo va pitsa oʻrin toʻldiruvchilardir, chunki ular birgalikda rohatlanish uchun foydalaniladi. Pivo narxi oshsa, pitsa uchun taklif, talab, talab miqdori, taklif hajmi va narx qanday boʻladi?

  9. Narxning bozor iqtisodiyotidagi roli haqida tushuncha bering.

3-MAVZU. BOZOR MUVOZANATINI MODELLARI
REJA:

    1. Bozor muvozanati tushunchasi

    2. Bozor muvozanatini oʻrnatilishi

    3. Tovarni maksimal va minimal narx bahosi

Tayanch iboralar: Muvozanat narx, muvozanat ishlab chiqarish, Talab chizigʻining siljisshi, taklif chizig’ining siljishi, maksimal va minimal bahosi.
3.1.Bozor muvozanati tushunchasi
Muvozanat – bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biron-bir tashqi kuch ta’sir qilmasa, u oʻzining ushbu holatini saqlab qoladi.
Talab va taklif modelida talab chizigʻi bilan taklif chizigʻining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga koʻra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida boʻlsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini oʻzgartirishga hech narsa sabab boʻlmaydi.
Muvozanat narx (3.11-rasm) deb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne’mat miqdori ni unga boʻlgan talab miqdori unga boʻlgan talab miqdori ga tenglashtirsa, ya’ni
.

3.1-rasm. Muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish Qe


3.1-rasmdan koʻrinib turibdiki, bozor muvozanati yagona. Talab va taklif chiziqlari yagona muvozanat nuqtada kesishadi. va nuqtalar, muvozanat nuqta ning koordinatlari hisoblanadi.
Bozordagi talab va taklifning oʻzgarishi, bozor muvozanatini oʻzgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizigʻi oʻngga siljiganda) muvozanat narx va muvozanat tovar hajmi oʻsadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizigʻi chapga siljisa), va lar ham kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizigʻi oʻngga siljisa), muvozanat narx kamayadi, muvozanat tovar hajmi oʻsadi. Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizigʻi chapga siljisa), muvozanat narx oʻsadi, muvozanat tovar hajmi kamayadi (3.12, 3.13-rasmlar).



3.2-rasm. Talab chizigʻining 3.3-rasm.Taklif chizigʻining



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin