Bozor taklifi individual taklifga qarshi Bozor talabi bu – xaridorlar talablarining umumiy yigʻindisidir, bozor taklifi esa sotucvhilar takliflarining umumiy yigʻindisidir. 6-rasm bozordagi ikkita muzqaymoq sotuvchilari – Ben va Jerryning ishlab chiqargan muzqaymoqlari miqdorini ifodalaydi.
Muzqaymoq narxi
Narxning oshishi
Muzqaymoq miqdori
Taklif egri
chizigʻi
Taklif qilingan miqdorning oshishi
Muzqaymoq narxi
Muzqaymoq miqdori
Benning taklif roʻyxati va taklif egri chizigʻi Ushbu jadval har bir narxda ishlab chiqarish hajmini koʻrsatadi. Ushbu taklif egri chizigʻi narx oʻzgarganda ishlab chiqarish hajmi qanchalik oʻzgarishini ifodalaydi. Chunki narxning oʻsishi taklif miqdorini oshiradi va taklif egri chizigʻi yuqoriga siljiydi.
Rasm
Benning taklifi chizigʻi Ben ishlab chiqargan muzqaymoqlar miqdorini bildiradi, Jerryning taklif chizigʻi esa Jerry ishlab chiqargan muzqaymoqlar miqdorini bildiradi. Bozor taklifi shu ikkala individual takliflar yigʻindisiga teng.
6-rasmdagi grafik taklif jadvaliga mos keluvchi taklif egri chiziqlarini ifodalaydi. Talab egri chizigʻiga oʻxshab, biz individual taklif chiziqlarini gorizontal yigʻindisi orqali bozor taklifi egri chizigʻiga ega boʻlamiz. Bu degani, biz istalgan narxdagi taklif miqdorini topish uchun gorizontal oʻqdagi individual taklif chiziqlari orqali topilgan yakka miqdorlarni qoʻshamiz. Bozor taklifi egri chizigʻi tovarning narxi oʻzgarishi bilan umumiy taklif miqdori qanday oʻzgarishini koʻrsatadi, bunda ishlab chiqaruvchining qancha sotishi toʻgʻrisidagi qaroriga ta’sir qiluvchi narxdan boshqa omillar oʻzgarmas deb qabul qilinadi.
Taklif egri chizigʻidagi oʻzgarish Taklifga ta’sir etuvchi omillardan birining oʻzgarishi ham taklif egri chizigʻining oʻzgarishiga sabab boʻladi. Faraz qiling shakarning narxi tushdi. Shakar muzqaymoq tarkibiga kiradi, shuning uchun ham muzqaymoq ishlab chiqarish daromadli hisoblanadi. Bu muzqaymoq taklifining oshishiga sabab boʻladi. Muzqaymoq taklifining egri chizigʻi oʻngga siljiydi.