Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə12/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

1 pachka sigaret narxi

Rasm

Talab egri chizigʻidagi oʻzgarish

Talab egri chizigʻidagi koʻchish

Kunlik chekiladigan sigaret miqdori

Kunlik chekiladigan sigaret miqdori

1 pachka sigaret narxi

Chekishdan umidsizlantirish siyosati natijasida talab egri chizigʻining chapga siljishi

Sigaret narxlariga soliqning koʻtarilishi natijasida talab egri chizigʻining oʻzgarishi

Talab egri chizigʻi va talab egri chizigʻining koʻchishi oʻrtasidagi oʻzgarish

Muqobil yoʻllardan biri siyosatchilar sigaretalar narxini oshirishi kerak. Agar hukumat sigaret ishlab chiqarishga katta soliq joriy qilsa, masalan, soliqlar hisobiga sigaretalar narxini oshirish kerak. Yuqori darajadagi narx chekuvchilarni ular chekadigan sigaretalar miqdorini kamaytirishga undaydi. Shu sababdan, bu talabni oshirmaydi. Buning oʻrniga 4-jadvaldagi (b) qismdagi kabi miqdorni kamaytiradi.


Narxni qanchaga oʻzgartirsak, chekish hajmi kamayadi va qanchaga? Iqtisodchilar sigareta narxida qancha oʻzgarish boʻlishi kerakligi yuzasidan izlanish olib bordilar. Ular aniqlashdiki, narxning 10 %ga oshishi talab hajmini 4 %ga qisqartiradi. Oʻsmirlar sigareta narxiga ta’sirchan boʻlishadi. Narxning 10 %ga ortishi oʻsmirlar orasidagi chekishni 12 %ga kamaytiradi.
Xuddi shunday savol – sigaretalarning narxini oshishi marixuana kabi taqiqlangan dorilarga boʻlgan talabga qanday ta’sir qiladi. Sigareta va marixuana bir-birini toʻldiruvchi tovarlar hisoblanib, sigaretaning narxini oshishi marixuananing iste’molini oshiradi. Koʻpchilik ekspertlar sigaret narxini pasayishi tamaki va marixuanani paydo boʻlishiga olib kelishadi deb hisoblaydilar.
Biz endi bozorning ikkinchi tomonidan tahlilni davom ettiramiz. Yana bir marta fikringizni jamlang, keling muzqaymoq bozori haqida oʻylab koʻramiz.
Taklif egri chizigʻi: narx va taklif miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlik
Biron-bir mahsulot yoki xizmatga boʻlgan taklif miqdori ushbu tovarlarni bozordagi xaridorlari soni bilan ifodalanadi. Taklif miqdorining bir qancha qismlari mavjud, ammo yana bir marta narx bizning tahlilda asosiy oʻrinni egallaydi. Muzqaymoq narxi yuqori boʻlganda muzqaymoq sotish daromadli boʻladi va natijada muzqaymoq sotish hajmi oshadi. Muzqaymoq sotuvchilar koʻproq ishlashadi, koʻproq muzqaymoq texnikasi xariq qilinadi va koʻp ishchi yollanadi. Ammo muzqaymoq narxi past boʻlganda bu biznes kam daromadli boʻladi va sotuvchilar kam muzqaymoq ishlab chiqaradi. Ba’zi narxda bir qancha sotuvchilar butunlay ishlab chiqarishni toʻxtatadilar va ularning ishlab chiqarish hajmi nolga teng boʻladi. Ushbu taklif miqdori va narx oʻrtasidagi bogʻliqlik taklif qonuni deyiladi. Narx oshganda taklif miqdori ham oshadi, narx tushganda taklif miqdori ham tushadi.
5-rasmda har oyda Ben tomonidan ishlab chiqariladigan muzqaymoq miqdori keltirilgan. Narx 1$ga tushganda Ben muzqaymoq ishlab chiqarishni butunlay toʻxtatadi. Narx oshgan sari ishlab chiqarish hajmi ham oshadi. Ushbu jadval ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi boshqa omillar oʻzgarmas boʻlganda narxning taklifga ta’sirini koʻrsatadi.
5-rasmda taklif qonuni ifodalangan. Narx va taklif miqdorini bogʻliqligini ifodalovchi egri chiziq taklif egri chizigʻi deyiladi. Taklif egri chizigʻi oshmoqda, chunki narxning oshishi ishlab chiqarish hajmini oshiradi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin