2.3.Bozor talabi individual talabga qarshi Birinchi rasmda talab egri chizigʻi mahsulotga boʻlgan individual talabni aks ettiradi. Tahlil uchun biz bozor talabiga, ya’ni aniq bir tovar yoki xizmatga boʻlgan individual talablarning yigʻindisiga ta’rif berishimiz kerak.
Ikkinchi rasmdagi jadvalda shu bozorning ikkita subyekti; Katerina va Nikolasning muzqaymoqqa boʻlgan talabi koʻrsatilgan. Katerinaning talab grafigi u aniq bir narxdagi muzqaymoqni qaysi miqdorda xarid qilishini koʻrsatadi. Nikolasning talab grafigi esa u qancha muzqaymoqni sotib olishini koʻrsatadi. Har bir narxdagi bozor talabi ikkita subyektning talabini yigʻindisini ifodalaydi.
Ikkinchi rasmdagi grafikda shu ikkita talab grafikiga tegishli egri chiziq koʻrsatilgan. Shunga e’tibor beringki, bozor talabi egri chizigʻini olish uchun biz gorizontal holatda individual talabni ja’mini olamiz. Ya’ni, har bir narxda boʻlgan umumiy talab miqdorini olish uchun biz har bir individual talab egri chizigʻining gorizontal oʻqida joylashgan yakka koʻrsatkichlarni jamlaymiz.
Rasm
Muzqay moq narxi
Muzqay moq narxi
Muzqay moq narxi
Muzqaymoq miqdori
Muzqaymoq miqdori
Muzqaymoq miqdori Muzqaymoq
narxi
Katerina
Nikolas
Bozor
Ketrinning talabi
Nikolasning talabi
Bozorning talabi
Bozor talabi individual talablar yigʻindisiga teng Bozorda talabning hajmi har bir xaridorning har bir narxdagi talab hajmining yigʻindisini tashkil etadi. Bozor talabining egri chizigʻi gorizontal joylashgan yakka talabning yigʻindisi deb olinadi. Agar narx 2.00$ teng boʻlsa, Ketrinning talabi hajmi 2 ta muzqaymoq, Nikolasniki esa – 3 tani tashkil etadi. Bozorda bu narxda talab hajmi 7 ta muzqaymoqqa teng boʻladi.
DKetrin
DNikolas
DBozor
Bizni bozorning ishlashini tahlil qilish qiziqtirgani uchun, biz koʻpincha bozor talabining egri chizigʻi bilan ishlaymiz. Bozor talabining egri chizigʻi tovarga boʻlgan umumiy talab miqdori narxlar oʻzgarishi va boshqa doimiy sharoitlardagi oʻzgarishini koʻrsatadi.