Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə7/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

2.2.Talab.Taklif
Biz bozorlarni oʻrganishni xaridorlarning oʻzini tutishini oʻrganib chiqishdan boshlaymiz. Diqqatimizni muzqaymoq savdosiga qaratamiz.
Talab egri chizigʻi: narx va talab miqdorining oʻzaro bogʻliqligi

Muzqaymoq narxi

Rasm

Talab egri chizig’i

Muzqaymoq miqdori

Talab qilingan miqdorning ortishi

Talab grafigi – bu har bir narxda boʻlgan talabning hajmini koʻrsatuvchi jadval. Talab egri chizigʻi narxning oʻzgarishidagi talabning hajmi oʻzgarishini koʻrsatadi. Past narx talabning hajmini koʻpayishiga olib keladi, demak talab egri chizigʻi pastga qarab ketadi.

Muzqaymoq narxi

Muzqaymoq miqdori

Talab grafigi va talab egri chizig’i

Narxning tushishi

Har bir tovarni talab miqdori – bu xaridorlar xohlagan va sotib olishi mumkin boʻlgan tovarlar sonidir. Biz koʻrishimiz mumkinki, talab miqdori koʻp omillar bilan aniqlanadi, ammo bozor ishlashini tahlil qilganda shuni bilishimiz mumkinki faqat bitta omil – tovarning narxi hal qiluvchi oʻrin tutadi. Agar bitta pufakning narxi 20$ gacha koʻtarilsa, siz kamroq pufakchalarni xarid qilasiz. Agar pufakning narxi 0.20$gacha tushib ketsa, siz koʻproq pufakchalarni xarid qilasiz.
Iqtisodiyotda koʻp tovarlar uchun narx va talab miqdorining oʻzaro munosabati haqiqiydir va u shunchalik katta hajmga egaki, iqtisodchilar buni talab qonuni deb ataydilar: boshqa bir xil sharoitlarda tovarning narxi koʻtarilsa unga boʻlgan talab miqdori kamayadi, va aksincha, tovarning narxi tushganda unga boʻlgan talab miqdori koʻpayadi.
Birinchi rasmda Katerina har oyda nechta muzqaymoq va qanday narxda sotib olishi koʻrsatilgan. Agar muzqaymoq tekin boʻlsa, Katerina oyiga 12 ta muzqaymoq yeydi. Muzqaymoqning narxi 0.50$ boʻlsa, Katerina oyiga 10ta muzqaymoq iste’mol qiladi. Narxni koʻtarilishiga qaragan holda u borgan sari kam muzqaymoq sotib oladi. Narx 3.00$ yetgan zahoti Katerina muzqaymoqni xarid qilishni toʻxtatadi. Bu rasm talab grafigini, ya’ni boshqa omillar ta’sirida boʻlmagan tovarning narxi va talab miqdori oʻzaro munosabatini koʻrsatadi.
Birinchi rasmda talab qonunini namoyon qilish uchun jadvaldan olingan sonlar ishlatiladi. Shartli ravishda, muzqaymoq narxi vertikal oʻqida koʻrsatiladi, talab miqdori esa gorizontal oʻqida koʻrsatiladi. Pastga qarab ketayotgan chiziq narxni va talab miqdorini oʻzaro bogʻlaydi va u talab egri chizigʻi deb nomlanadi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin