Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə5/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Nazorat savollari
1.Qanday vaziyatda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi?
2. Mikroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi nimadan iborat?
3.Mikroiqtisodiyot fani nimani oʻrganadi?
4.Mikroiqtisodiy nazariyaning qanday koʻrinishlari mavjud?
2
BOB

II QISM

Bozorlar qanday ishlaydi
-MAVZU
. MIKROIQTISODIYOTNING ASOSIY KATEGORIYALARI: TALAB VA TAKLIF 3
REJA:
2.1.Bozorlar va raqobat
2.2.Talab.Taklif
2.3.Bozor talabi individual talabga qarshi
2.4.Talab va taklif birgalikda
Tayanch iboralar: Bozor, Raqobat, raqobatdosh bozor, Talab.Taklif, Talab egri chizigʻi, talab qonuni, oʻrin bosuvchi tovarlar, toʻldiruvchi tovarlar, odatiy tovar, past darajali tovar, Taklif egri chizigʻi: narx va taklif miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlik, bozor muvozanati.
2.1.Bozorlar va raqobat
Bozor – bu muayyan tovar yoki xizmatlarni xarid qiluvchilar va sotuvchilar guruhidir. Bir guruh xaridorlar tovarga talab miqdorini belgilaydi va bir guruh sotuvchilar tovar taklifini belgilab beradi.
Bozor koʻp shaklga egadir. Ayrim hollarda ular, masalan, koʻplab qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozorlarida yuqori darajada tashkil etilgan boʻladi. Bunday bozorlarda sotuvchi va xaridor muayyan vaqt va muayyan joyda uchrashadilar va kim-oshdi savdosida narxlar belgilanadi.
Ammo koʻpincha bozorlar kerakli darajada tashkil etilgan boʻlmaydi. Masalan, muayyan bir shaharda muzqaymoq savdosini koʻrib chiqaylik. Xaridorlar muayyan bir joyda uchrashmaydilar. Sotuvchilar har­xil joyda boʻladilar va har-xil tovarni taklif qiladilar. Bu yerda kim-oshdi savdosi boʻlmaydi. Har bir sotuvchi oʻzi narxni belgilaydi va xaridor qanaqa va qayerda muzqaymoq olishni oʻzi hal qiladi. Shunga qaramay, bu holda ham sotuvchi va xaridor oʻzaro bogʻlangan. Muzqaymoq xaridorlari koʻp sotuvchilar ichidan oʻzining ehtiyojini qoniqtiradiganini tanlaydilar, sotuvchilar esa oʻz oʻrnida yaxshi savdo uchun xaridorlarni qiziqtirishga harakat qiladilar. Shunday qilib, qandaydir tashkilotchilik mavjud boʻlmasligiga qaramay, bozorni sotuvchi va xaridor shakllantiradi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin