Xaridorlar soni. Avvalgi omillarga qoʻshimcha tarzda xaridorlar xatti-harakatiga ta’sir qiliuvchi omillar bir nechta boʻlib, bozor talabi xaridorlar soniga bevosita bogʻliq. Agar Piter muzqaymoq iste’molchilari Katerina va Nikolasga qoʻshilganda edi bozordagi talab miqdori oshgan va bozor talabi oʻsgan boʻlardi.
Xulosa. Talab egri chizigʻi boshqa oʻzgaruvchilar oʻzgarmas boʻlganda ushbu tovarning bahosini oʻzgarishi talab miqdorining oʻzgarishiga qanchalik ta’sir etishini ifodalaydi. Boshqa oʻzgaruvchilardan birortasi oʻzgarganda talab egri chizigʻi ham oʻzgaradi. 1-jadvalda oʻzgaruvchilar mahsulot sotib oluvchilar soniga qanchalik ta’sir etishi keltirib oʻtilgan. Agar siz talab egri chizigʻining siljish yoki siljimasligi boʻyicha muammoga duch kelsangiz, 2-boʻlimning ilovasi sizga yordam beradi. Ikkala oʻqdagi tegishli oʻzgaruvchida oʻzgarish boʻlganda oʻq joyidan siljiydi. Chunki narx vertikal oʻqda joylashadi, narxdagi oʻzgarish talab egri chizigʻi boylab boʻladigan oʻzgarishni koʻrsatadi. Daromad esa faqat bitta tegishli oʻqdagi oʻzgaruvchi oʻzgarganda siljiydi.
Chekishga boʻlgan talab miqdorini kamaytirishning ikki yoʻli Jamiyatdagi siyosatchilar insonlar chekishining hajmini kamaytirishga koʻp harakat qilishadi. Ushbu maqsadga erishishning ikkita yoʻli bor.
Birinchisi, sigareta va tamaki mahsulotlariga boʻlgan talab egri chizigʻini oʻzgartirish kerak. Ya’ni istalgan turdagi sigaretalar haqida ommaviy axborot vositalaridan, televideniyedan chekishni taqiqlaydigan koʻrsatuvlarni qoʻyish, sigareta qutilariga yozish kerak. Agar bu muvaffaqiyatli boʻlsa, sigaretalarga boʻlgan talab egri chizigʻi 4 rasm (a) qismdagidek chapga siljiydi.
Agar sigaret qutisidagi ogohlantirish chekuvchilarni kamroq chekishga ishontirsa, talab egri chizigʻi chapga siljiydi. (a) qismda talab egri chizigʻi D1dan D2ga siljiydi. Bir paketi 2$ boʻlsa, talab miqdori kuniga 20ta sigaretdan 10ta sigaretga tushadi. Natijada oʻzgarish A nuqtadan B nuqtaga tushadi. Agar sigaret narxiga soliq oshsa, talab egri chizigʻi oʻzgarmaydi. Bunda talab egri chizigʻida turli nuqtalarda oʻzgarishlarni koʻrishimiz mumkin. (b) qismda narx 2$dan 4$ga oshganda talab miqdori kuniga 20ta sigaretdan 12taga pasayadi. Natijada oʻzgarish A nuqtadan C nuqtaga koʻchadi.