Salbiy tashqi ta’sir va ijobiy tashqi ta’sirga misol keltiring.
Firma ishlab chiqarish jarayoni natijasida yuzaga keladigan salbiy tashqi ta’sirni tushuntirish uchun talab-va-taklif rasmini chizing.
Qanday qilib patent tizimi jamiyatga tashqi ta’sir muammonsini hal qilishda yordam beradi?
Tuzatuvchi soliqlar nima? Nega iqtisodchilar atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilishda ulardan foydalanishni afzal koʻradi?
Tashqi ta’sir natijasida kelib chiqqan muammolarni hukumat aralashuvisiz hal qilish mumkin boʻlgan yoʻllar roʻyxatini tuzing.
Tasavvur qiling, siz chekmaysiz, lekin chekadigan kishi bilan bir xonada
turibsiz. Kouz teoremasiga koʻra, xonadoshingiz xonada chekish yo chekmasligini nima belgilaydi? Bu natija samaralimi? Siz va xonadoshingiz bu muammoga qanday yechim topasiz?
14-MAVZU. IJTIMOIY NE`MATLAR VA UMUMIY RESURSLAR
REJA:
14.1. Mahsulotlarning turli xil turlari 14.2.Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar 14.3. Umumiy resurslar Tayanch iboralar: Shaxsiy buyumlar, Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar, Umumiy resurslar, Tekinxoʻrlar, Mudofaa tizimi, qashshoqlikka qarshi kurashish, Umummilliy resurslar fojeasi 14.1. Mahsulotlarning turli xil turlari Bozorlar insonlar xohlayotgan mahsulotlar etkazib berishda qanchalik yaxshi ishlashadi? Bu savolga javob masalani mohiyatini qay darajada chuqur anglib etilganligiga bogʻliq. Biz 7 bobda ta’kidlab oʻtganimizdek, bozor konussimon qutili muzqaymoqni samarali sonini ta’minlab berishi mumkin: muzqaymoqning narxi ularga boʻlgan talab va taklifni muvozanatlashtirishi mumkin, va bu muvozanat ishlab chiqaruvchi daromadlarini maksimallashtirishi hamda iste’mol tanqisligini bartaraf etishi mumkin. Bundan tashqari, biz 10 bobda koʻrib oʻtganimizdek, bozor alyuminiy ishlab chiqaruvchilarini biz nafas olayotgan havoni ifloslantirishdan qaytarishga umid qila olmaydi. Bozorda xaridor va sotuvchilar odatda oʻz qarorlarining tashqi oqibatlariga e’tibor qaratishmaydi. Shunday qilib, bozorlar mahsulot muzqaymoq boʻlganda yaxshiroq va mahsulot toza havo boʻlganda yomonroq ishlashadi.
Bozordagi turli xil mahsulotlar haqida fikr yuritib, ularni quyidagi ikki sifatiga koʻra guruhlash mumkin:
- Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish (eksklyuzivlik) xususiyatiga egami? Ya’ni, kishilarni uni iste’molidan mahrum etish mumkinmi?
- Mahsulot iste’molda cheklanganmi? Ya’ni, bir kishining mahsulotni iste’mol qilishi boshqa kishilarning uni iste’mol qilish qobiliyatlarini kamaytiradimi?
Ushbu ikki sifatni ishlatilishi, 1-rasmda mahsulotlarni 4 guruhga taqsimlaydi:
1. Shaxsiy buyumlar ist’emoldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega. Masalan, konussimon qutili muzqaymoqni koʻrib chiqamiz.
Muzqaymoq iste’moldan olinishi mumkin, chunki kimnidir muzqaymoq iste’molidan mahrum qilish uchun oʻsha kishiga muzqaymoqni bermaslikni oʻzi kifoya. Konussimon qutili muzqaymoq iste’molda cheklangan, chunki agarda biror kishi muzqaymoqni iste’mol qilsa boshqa bir kishi aynan oʻsha muzqaymoqni iste’mol qilish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. Iqtisodiyotda koʻpgina mahsulotlar aynan konussimon qutili muzqaymoq kabidir: siz toʻlovni amalga oshirmay turib biror narsani qoʻlga kirita olmaysiz va siz toʻlovni amalga oshirgandan soʻng shu tovar hisobiga foyda olishi mumkin boʻlgan yagona shaxsga aylanasiz. Biz ilgarigi 4, 5 va 6 boblarda talab va taklifni, shuningdek 7, 8 va 9 boblarda bozorlar samaradorligini ta’lil qilganimizda mahsulotlar ist’emoldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega ekanligini taxmin qilgandik.
2. Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega emasdirlar. Ya’ni kishilarga umumiy foydalanishdagi mahsulotlarning iste’molini cheklash mumkin emas, shuningdek bir kishining iste’moli boshqa kishining uni iste’mol qilish imkoniyatini kamaytirmaydi. Masalan, kichik shaharchada tornado ovozi umumiy foydalanishdagi mahsulot hisoblanadi. Ya’ni, tornado yuzaga kelgandan keyin hech kimni uning ovozidan himoya qilish mumkin emas (demak bu ist’emoldan olinishi mumkin emas). Undan tashqari, biror kishi ushbu shovqindan foyda oladigan boʻlsa, u boshqa biror kishining imkoniyatlarini kamaytirib yubormaydi (demak bu iste’molda cheklangan emas).
RASM Tovarlarning to'rt turi.
Mahsulotlar ikki xususiyatlariga ko'ra to'rt toifaga guruhlangan bo'lishi mumkin; (1) odamlar undan foydalanishdan to’xtatiadigan tovarlar bundan mustasno. (2) Agar bitta odamning tovarlarni iste’mol qilishi, boshqa odamlarning shu tovarlarni iste’mol qilishlarini qisqartirsa, bu tovarlar raqobatdosh bo’ladi.
Xususiy mulk
• Muzqaymoq ko’nusi
• kiyimlar
• tirband yo’llardan foydalanish uchun to’lov
Umumiy resurslar • dengizdagi baliq
• Atrof muhit
• bepul yo’llardan ketyapish
Tabiiy monopoliyalar
• yong'indan himoya
• Kabel TV
• tirbanad bo’lmagan yo’llar uchun to’lov
davlat mahsulotlari
• Milliy mudofaa
• Tirband bo’lmagan yo’llar uchun to’lov
Ha
Mustasnomi?
Yo`q
Ha
Yo`q
Iste'moldagi raqobat?
3. Umumiy resurslar Cheklanganlik xususiyatiga ega, biroq iste’moldan mahrum qilinishi mumkin boʻlmagan mahsulotlar. Masalan, okeandagi baliq iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, agar biror shaxs okeandan baliq tutib olsa, u holda boshqa bir shaxs uchun tutib olish mumkin boʻlgan baliqlar soni kamayadi. Shu bilan birga bu baliqlar, iste’moldan mahrum qilinishi mumkin boʻlgan mahsulot emas. Sababi okeanni cheksizlik xususiyatini inobatga olsak, baliq tutuvchilarni baliq tutishdan toʻxtatish oʻta mushkul vazifadir.
4. Agar mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega boʻlish bilan bir qatorda cheklanganlik xususiyatiga ega boʻlmasa, u holda mazkur mahsulot tabiiy monopoliya ishlab chiqarish uchun yaxshigina misol boʻla oladi. Masalan, kichik shaharchada yongʻinga qarshi himoya tizimini misol keltiraylik. Biror kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’mol qilishdan mahrum etish juda oson: yongʻinga qarshi kurashish boʻlimi shunchaki oʻsha kishining uyini yonib bitishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, bu mahsulot (xizmat) cheklanganlik xususiyatiga ega emas. Ya’ni butun boshli shaharning yongʻinga qarshi kurashish boʻlimi xarajatlari toʻlanganda, kichik bir uyni yongʻindan himoya qilish xarajatlari hech narsa emas (15 bobda tabiiy monopoliyalar mavzusi chuqurroq oʻrganiladi va unga kengroq ta’rif beriladi).
Yuqorida koʻrib chiqilgan 1-rasm mahsulotlarni aniq 4 guruhga boʻlishni koʻzda tutganiga qaramasdan, odatda ular oʻrtasidagi chegara koʻp hollarda aniq boʻlmaydi. Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga egami yoki iste’molda cheklanganmi koʻp holatlarda aniq bir darajaga bogʻliq boʻlib qoladi. Okeandagi baliq iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega boʻlmaydi, sababi okeanda kuzatish imkoniyati juda qiyin, lekin shu bilan birga qoʻriqlanadigan qirgʻoqqa ega suv havzasi baliqni aksariyat holatlarda iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. Xuddi shunday tartibda, baliq odatda iste’molga cheklangan mahsulot boʻlgani bilan baliq ovlovchilar soniga koʻra uni iste’molga cheklanmagan mahsulot sifatida koʻrib oʻtish mumkin (shimoliy-amerikalik balik tutvchilarni u erlarga evropalik koʻchmanchilarni koʻchib kelgungacha boʻlgan holatini eslang). Bu fikr bizning tahlil uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa toʻrt guruh mahsulotlari uchun ham foydali boʻladi.
Mazkur bobda biz iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega boʻlmagan mahsulotlarni koʻrib chiqamiz: ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar va umumiy resurslar. Sababi kishilar bu mahsulotlarni iste’molidan mahrum etilishlari yoki voz kechishlari mumkin emas, ular hamma uchun mavjud. Ommaviy mahsulotlar va umumiy resurslarni oʻrganish tashqi faktorlarni oʻrganish bilan chambarchas bogʻliq. Ushbu har ikkala mahsulot uchun ham tashqi faktorlar yuzaga keladi, chunki ba’zi bir tabiiy ne’matlar (boyliklar) narxga ega boʻlmaydi. Agar biror bir kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotdan iste’mol qilishi (foydalanishi) kerak boʻlsa, aytaylik tornado ovozidan, boshqa bir kishi esa undan koʻra yaxshiroq koʻrinishda (vaziyatda) ham foydalanishi mumkin. Ularning har ikkisi mahsulot uchun haq toʻlamasdan foyda olishadi – bu ijobiy tashqi ta’sir. Xuddi shunday, biror kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotni iste’mol qilayotganda, aytaylik okeandagi baliqni, boshqa kishilarda undan foydalanish imkoniyati pasayib ketadi, chunki tutilishi mumkin boʻlgan baliqlar soni kamayadi. Ular yuzaga kelgan yoʻqotishdan ma’lum ma’noda zarar koʻrishadi, biroq hech kim buni qoplab berish majburiyatini olmaydi – bu esa salbiy tashqi ta’sir. Ushbu kabi tashqi ta’sirlar tufayli, iste’mol qilish va ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi koʻpchilik qarorlar resurslarni samarasiz taqsimlanishiga olib keladi. Ushbu holatlarda davlatning aralashuvigina iqtisodiy farovonlikka va resurslar barqarorligiga olib kelishi mumkin.