Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Umummilliy resurslar fojeasi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə167/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Umummilliy resurslar fojeasi umumiy saboqqa ega: qachonki biror kishi umumiy resursdan foydalanganda, u albatta boshqalarning undan foydalanish imkoniyatlarini kamaytiradi. Aynan mana shu salbiy samara tufayli umummilliy resurslardan ehtiyotsizlik bilan foydalaniladi. Davlat umummilliy resurslar iste’molini kamaytirish maqsadidida ushbu muammoni tartibga solish choralari yoki soliqlar orqali hal etishi mumkin. Boshqa tarafdan olib qaralganda, davlat gohida umummilliy resursni xususiy mulkka aylantirishi ham mumkin.

Blumberg rejasi


Ko`pchilik iqtisodchilar yo`l harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida yo`l narxini yoqlab chiqishdi. Yaqinda ular Nyu York Shahar merini bunga ko`ndirishdi.


Bu hikoya (dars) ming yillar davomida barchaga saboq boʻldi. Qadimgi grek faylasufi Aristotel umummilliy resurslar haqida shunday degan: “Barcha uchun birdek mavjud boʻlgan ne’matlarga odatda kamroq e’tibor beriladi, sababi kishilar oʻzining shaxsiy buyumlariga boshqalar bilan birgalikda egalik qilayotgan buyumlariga qaraganda koʻproq hurmat bajo keltirishadi”.
Ayrim muhim umumiy resurslar
Umumiy resurslardan foydalanishning koʻpgina misollari mavjud. Deyarli barcha holatlarda umummilliy resurslar fojeasidagi kabi muammo yuzaga keladi. Alohida shaxslar umumiy resurslardan haddan ziyod koʻp foydalanishadi. Davlat, aksariyat hollarda, haddan ziyod koʻp foydalanish muammosini engillashtirish maqsadida ularning xulq-atvorlarini tartibga soladi yoki turli yigʻimlar joriy etadi.
Toza havo va suv. Biz 10-bobda ta’kidlab oʻtganimizdek, bozorlar atrof muhitni oqilona himoya qilishmaydi. Qat’iy tartibga solish choralari yoki atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun soliqlar bilan bartaraf etilishi mumkin boʻlgan ifloslanish salbiy tashqi ta’sir hisoblanadi. Bozorning ushbu salbiy jihatini jamiyatning umumiy muammosi sifatida koʻrish mumkin. Toza havo va toza suv huddi ochiq hosildor erlar kabi, atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi esa huddi chorvani haddan ziyod ortib ketishi kabi umumiy resurslardir. Atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi umummilliy resurslar fojeasining zamonaviy koʻrinishidir.
Tirband avtomobil yoʻllari. Yoʻllar yoki ommaviy mahsulot yoki umumiy resurs boʻlishi mumkin. Agar yoʻllar tirband boʻlmasa, u holda bir kishining undan foydalanishi boshqa bir kishining foydalanishiga halaqit qilmaydi. Bu holatda mahsulot iste’molda cheklanganganlik xususiyatiga ega boʻlmaydi va yoʻl ommaviy mahsulot boʻlib qoladi. Shu bilan birga, agar yoʻllar tirband boʻlsa, u holda bu yoʻldan foydalanish salbiy tashqi ta’sirni beradi. Agar biror kishi ushbu yoʻldan yursa, yoʻl yana ham tor boʻlib, boshqa kishilarni sekinroq yurishga majbur etadi. Bu holatda yoʻl umumiy resurs hisoblanadi.
Davlat tomonidan yoʻllarda avtomobillar tirbandligi muammosini bartaraf etish yoʻllaridan biri bu haydovchilarga shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish. Shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish oʻz mohiyatiga koʻra tirbandlikni tartibga soluvchi soliqdir. Ba’zida, xuddi mahalliy yoʻllarda boʻlgani kabi, qatnovlar uchun soliq solish amaliy echim boʻlmay qoladi, sababi soliq summasi juda yuqoridir. Biroq, London shahri toʻlov hajmini oshirish usulini tirbandlikni bartaraf etishdgi eng muhim usul deb topdi. Yangiliklarda ma’lum qilinishicha bu usul Nyu-York shahri uchun ham koʻrib chiqilmoqda.
Gohida tirbandlik kunning ma’lum bir qismidagina muammo boʻlib qoladi. Agar koʻprikda yuk avtomobili tigʻiz-paytda oʻtayotgan boʻlsa tirbandlik muammosi faqatgina mana shu soatdagina yuzaga keladi. Ushbu masalani samarali echimi shuki – tigʻiz-paytda yurganlik uchun toʻlovni yana ham oshirish zarur. Bu narsa haydovchilarni oʻzlarining harakatlanish grafiklarini oʻzgartirib, tigʻiz-paytda yurmasliklari uchun oʻziga hos stimul boʻladi.
Oʻtgan bobda muqokama qilingan tirbandlik muammosiga qarshi kurashuvchi usullardan yana biri - bu benzin uchun soliq. Benzin, ma’lumki avtomobilda harakatlanish uchun samarali yoqilgʻi hisoblanadi: benzin narxini oshirish, odatda harakat hajmini kamaytirishni talab etadi. Shunday qilib, benzin uchun soliq yoʻllarni tirbandlik darajasini kamaytiradi. Shu bilan birga, benzin uchun soliq mutloq echim emas, sababi bu yoʻllarda harakatlar hajmidan tashqari boshqa masalalarga ham ta’sir koʻrsatadi. Masalan, benzin uchun soliq tirbandlik qayd etilmagan yoʻllarda ham harakatlar sonini kamaytirib yuboradi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin